7-mavzu: Hayvonlarni yaylovda boqish gigiyenasi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini yaylovlarda saqlash va boqishni gigiyenik ahamiyati. Hayvonlarni yaylovda saqlash usulari. Hayvonlarni yaylov sharoitiga o‘tkazishga tayyorlash. Yaylov turlari va yaylovlarda zagon usulida boqishning gigiyenik ahamiyati.
8-mavzu: Hayvonlarni tashish va haydash gigiyenasi. Hayvonlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish yo‘llari. Hayvonlarni temir, avtomobil, suv va havo yo‘llari bilan transportirovka qilish shartlari. Hayvonlarni yuklash va tushirishda gigiyena talablari. Hayvonlarni tuproq yo‘llar bilan haydashda o‘tkaziladigan gigiyenik tadbirlar. Transport stresslarining oldini olish.
9-mavzu: Hayvonlarni parvarish qilish gigiyenasi. Hayvonlar organizmini parvarish qilishning ahamiyati. Hayvonlarning tyerisi, elini, tuyog‘i va shoxlarini parvarish qilish qoidalari. Hayvonlarni yayratish va uning hayvonlar mahsuldorligiga ta’siri.
10-mavzular: Qoramollar gigiyenasi. Qoramollarni saqlash usullari. Qoramolchilik fyermalarini qurish va jihozlashda gigiyena talablari. Sigirlarni tug‘dirish, sog‘ish va sutdan chiqarish gigiyenasi. Yangi tug‘ilgan buzoqlar gigiyenasi. Buzoqlarni saqlash, oziqlantirish, parvarish qilish va yayratish usullari. Qoramollarni bo‘rdoqilash gigiyenasi.
11-mavzular: Qoʻylar gigiyenasi. Qo‘ylarni saqlash usullari. Qo‘yxona - qo‘tonlarni tuzilishi, ichki jihozlanishi, issiqxona. Qo‘ylarni oziqlantirish va sug‘orish gigiyenasi. Qo‘ylarni junini qirqish va sog‘ish gigiyenasi. Qo‘zilarni ajratish va o‘stirish gigiyenasi. Qo‘ylarni bo‘rdoqiga boqish gigiyenasi.
12-mavzu: Otlar gigiyenasi. Otlarni saqlash usullari. Biyalarni sog‘ish, qulunlarni o‘stirish va onasidan ajratish gigiyenasi. Ishchi otlardan foydalanish, saqlash, oziqlantirish, sug‘orish gigiyenasi. Egar - jabduqlarga bo‘lgan gigiyena talablari. Otlarni bo‘rdoqiga boqish.
13-mavzu: Choʻchqalar gigiyenasi. Cho‘chqalarni saqlash usullari. Bug‘oz cho‘chqalarni oziqlantirishga bo‘lgan gigiyenik talablar. Cho‘chqa bolalarini saqlash, oziqlantirish hamda ajratish yo‘llari.