Tuproqning kimyoviy xossalarini aniqlash. Tuproqning asosiy kimyoviy xossalarini aniqlash usullari bilan tanishish hamda zoogigiyenik tomondan baholash.
Tuproqni baktyeriologik va gilmintologik tekshirish. Tuproq tarkibidagi mikroblarning umumiy miqdorini, tuproqning kolititri va koli indeksini hamda gelmintlarning tuxumlarini aniqlash usullari bilan tanishish.
Loyihalar bilan tanishish.Loyiha turlari, tarkibi, loyiha me’yorlari, qoidalari (TLM va QMvaQ). Molxonani oʻlchamlarini hisoblash, bir bosh hayvon uchun joy va yayratish maydoni me’yorlari bilan tanishish.
Loyihalashdagi me’yoriy va xarajat hujjatlari. Chorvachilik xoʻjaliklarini loyihalashdagi normativ hujjatlar, texnik chizmalar, loyiha turlari bilan tanishish.
Qurilish matyeriallarining xossalari. Chorvachilik binolarini qurishda ishlatiladigan qurilish matyeriallarining asosiy fizik xossalarini oʻrganish.
Vetyerinariya sanitariya inshootlari. Tuman va xo’jaliklarda foydalaniladigan vetyerinariya-sanitariya inshootlarini oʻrganish va vannalarning hajmini hisoblash.
Karbonat angidrid gazi bo’yicha ventilyasiyani hisoblash. Molxonalarda sun’iy ventilasiyani karbonat angidrid gazi bo’yicha hisoblashni oʻrganish.
Namlik bo’yicha ventilyasiyani hisoblash. Molxonalarda sun’iy ventilyasiyani namlik boʻyicha hisoblashni oʻrganish.
Issiqlik balansini hisoblash. Isitilmaydigan molxonalarda qish fasli uchun issiqlik balansini aniqlashni oʻrganish.
Goʻngni saqlash va hisoblash usullari. Kunlik ajratilayotgan goʻngni saqlash, zararsizlantirish va hisoblash usullari bilan tanishish.
Qoramolchilik xoʻjaliklarining loyihalari. Goʻsht va sut yoʻnalishidagi qoramolchilik uchun moʻljallangan chorvachilik fyermalarining asosiy loyihalari bilan tanishish.
Qoʻychilik xoʻjaliklarining loyihalari.Goʻsht, yogʻ, tyeri va jun yoʻnalishidagi qoʻychilik uchun moʻljallangan fyermalarning asosiy loyihalari bilan tanishish.