Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro Nordik universiteti



Yüklə 261,21 Kb.
səhifə4/5
tarix24.05.2023
ölçüsü261,21 Kb.
#121289
1   2   3   4   5
akt

4.Xulosa va takliflar
Ma'lumki jahonning aksariyat rivojlangan banklari mijozlarga uzluksiz xizmat ko'rsatishga harakat qiladilar, bunday xizmat ko'rsatishni «Doyche bank» (Germaniya), «ABN AMRO Bank» (Gollandiya], «Sosete Jeneral» (Fransiya] i «Sitibank» [AQSH] banklarida ko'rish mumkin. Bu banklarda bank xizmatlari strategiyasi asosan past tariflarda yangi mijozlar, korrespondent-banklarni jalb etish, zamonaviy to'lov tizimlaridan foydalana olish imkoniyatlariga asoslanadi va mijozlarga xizmat ko'rsatish kuniga 24 soat davomida haftasiga 7 kun olib boriladi. Xizmatlar mijozlarning ko'proq o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tamoyiliga asoslanadi, xizmatlarning doimiy ravishda mobilligini ta’minlaydi va mijozlarni jalb etish strategiyasi hisoblanadi. Bugungi kunda moliaviy masalalar boʻyicha koʻpgina texnologiyalar naqd pul olish bankomatlari dasturidan ancha murakkabdir, shuning uchun banklar oddiy interfeyslarni va tushunarli koʻrsatmalarni yaratish haqida oʻylashlari kerak va mijozlarning yangi raqamli bank xizmatlariga koʻnikma hosil qilishlari uchun turli xildagi qoʻllanmalarni ishlab chiqish bank uchun maqsadga muvofiq boʻladi. Mazkur tadqiqot natijasida tijorat banklarining xizmat bozori va banklar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmat turlari, samaradorligi va sifatini chuqur tahlil qilib chiqqan holda, quyidagi ilmiy xulosalar shakllantirildi va takliflar ishlab chiqildi:
1.0'zbekiston Respublikasi banklararo bozori bank kapitali, bank depoziti va kreditlar bo'yicha bozor konsentratsiyasi koeffitsientining haqiqatdagi darajasidan yuqori ekanligi sog'lom banklararo raqobatning to'liq shakllanmaganligidan dalolat beradi.
2.Respublikamizda banklararo raqobatni shakllantirish, yirik banklarning moliya bozoridagi monopol mavqeiga barham berish imkonini beradigan alohida qonunning mavjud emasligi sog'lom raqobat muhitni shakllantirishga to'sqinlik qilmoqda.
3.Respublikamizning ayrim yirik tijorat banklarida kreditlarning aktivlar hajmidagi salmog'ining beqaror bo'lganligi, ayrim davriy oraliqlarda pasayish sur’atiga ega bo'lganligi, bank aktivlari va kreditlarining daromadlilik darajasiga nisbatan salbiy ta'sirni yuzaga keltirdi.


Yüklə 261,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin