Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/21
tarix14.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#178155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
393- sonli qaror (4)

4-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar
Oldingi tahrirga qarang.
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari o‘tkazilishiga qadar 11-iyuldan 20-iyulgacha, test majmualarida fanning o‘rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizigacha bo‘lgan oraliqda yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 21-iyulga qadar bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markaziga oliy ta’lim muassasalari tomonidan 22-iyulgacha taqdim etiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
5-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
14. Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda bir, ikki yoki uch fan majmualari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.
Test topshiriqlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.
“Jurnalistika”, “Xalqaro jurnalistika” va “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 63 ballgacha bo‘lgan oraliqda baholanuvchi) kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.
Fanlar majmuasi Ona tili va adabiyoti (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), Matematika (informatika bilan), Fizika, Kimyo, Biologiya, Tarix, Geografiya, Chet tili (ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) fanlari bo‘yicha shakllanadi.
Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan yo‘nalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin