8-bob. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish 24. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tasdiqlangan nizom asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9-bob. O‘qishga qabul qilish tartibi 25. Davlat komissiyasining abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori asosida oliy ta’lim muassasalari 25-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlari rasmiylashtiriladi.
To‘liq davlat ta’minotidagi etim bolalar (hujjat topshirgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari doirasida belgilangan o‘tish ballini to‘plagan bo‘lsa) va I guruh ko‘zi ojiz nogironlar qabuli alohida davlat granti ajratilib Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
To‘lov-kontrakt asosida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o‘qish uchun kontraktda belgilangan mablag‘ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.
Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun to‘liq bajarilgandan so‘ng abituriyent oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar 26. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA