Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


prinstip. Test topshiriqlari mazmuni sinov maqsadiga mosligi prinstipi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə36/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

prinstip. Test topshiriqlari mazmuni sinov maqsadiga mosligi prinstipi. Mazkur prinstip talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash Reyting tizimining nazorat turlarida test topshiriqlarining mazmuni maqsadga muvofiq tanlanishini talab etadi.

Shuni qayd etish kerakki, Reyting tizimining nazorat turlari joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari bir-biridan nafaqat didaktik maqsadi, balki mazmuni va mazmunning yoritilish darajasi bilan farq qilishini nazarda tutish lozim.




  • prinstip. Nazorat va baholanayotgan bilimlarning muhimligi prinstipi. Muhimlik prinstipi test topshirig‘i savollariga o‘quv dasturidagi eng muhim qonun, nazariya, tushuncha va ko‘nikmalarni kiritishni talab etadi. Bu jarayonda ikkinchi darajali ma’lumotlar, raqamlar va faktik materiallar test topshiriqlariga kiritish tavsiya etilmaydi.


  • prinstip. Mazmun va shakl birligi prinstipi. Mazkur prinstip test topshiriqlarining mazmuni va shakli bir-biriga mos, yaxlitlikni tashkil etishini talab etadi.

Test topshiriqlarining mazmunini tanlashda bilimlarning turlari va ularning o‘ziga xosligini e’tiborga olish va mos ravishda shaklni tanlash lozim.


  • prinstip. Test topshiriqlarining mazmunan to‘g‘riligi prinstipi.

Test topshiriqlariga o‘quv kursi mazmunidagi ob’ektiv va haqiqiy bilimlar kiritilishi maqsadga muvofiq. Mazmundagi bahs va munozaraga olib keladigan masalalar test topshiriqlariga kiritilmasligi lozim. Bu holat talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini bermaydi.


  • prinstip. Test topshiriqlari mazmunida o‘quv kursi mazmunining qayta taqdim etilishi prinstipi.

Mazkur prinstip test topshiriqlarini tayyorlashda o‘quv kursi mazmunini to‘liq va etarli darajada qamrab olinishini nazarda tutadi. O‘quv kursi bo‘yicha tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida mavzulararo, boblararo, bo‘limlararo va fanlararo bog‘lanishlarga etarli darajada e’tibor qaratilgan, mazmunan bu jarayon o‘quv materialida o‘z aksini tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar shaklida topgan bo‘lsa, bunda hamma mavzular bo‘yicha emas, balki tanlangan asosiy mavzular va boblar bo‘yicha test topshiriqlari tayyorlanadi.


1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin