Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə47/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

Test topshirig‘ining validligi-ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘quv maqsadlari asosida tuzilgan test topshirig‘i shu maqsadni haqqoniy aniqlay olishi, testni amaliyotga joriy etish orqali olingan natijalarning ishonchliligini belgilovchi tavsif, ya’ni test topshirig‘i mazmuni va shakli jihatdan testni o‘tkazish maqsadlari va sinalayotgan o‘quv materiali mazmuniga muvofiq kelishi tushuniladi. Shuni qayd etish kerakki, talabalar tomonidan test topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarilishi, ularning muayyan o‘quv materialini talab darajasida o‘zlashtirganlik ehtimoli yuqori ekanligidan dalolat berishi lozim. Test topshirig‘ining validligi yuqori bo‘lsa, test sinovidan olingan natijalar asosli va ularni amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Test topshirig‘ining konstruktiv validligi-ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini o‘lchaydigan, aniqlaydigan xususiyatlarning realligi va nazariy jihatdan tushunilishi mumkin bo‘lgan ishonchlilik ko‘rsatkichi.

Testologiyaning rivojlanish tarixi-respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, ta’lim ijtimoiy sohadagi ustuvor yo‘nalish ekanligi qayd etilib, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini orttirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shulardan biri, oliy ta’lim muassasalariga talabalarni test sinovi orqali qabul qilishni yo‘lga qo‘yilishi sanaladi. Dastlab jahonning rivojlangan mamlakatlarining bu sohadagi ilg‘or tajribalari o‘rganildi va 1992-93 o‘quv yilida mamlakatimizning 19 ta oliy ta’lim muassasalariga qabul tajriba sifatida test sinovlari asosida qabul qilindi. Mazkur jarayonning samaradorligi yuqori bo‘lganligini e’tirof etgan
holda 1993/94 o‘quv yilida ushbu tajriba barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etildi.
1996-1997 o‘quv yilidan boshlab ko‘p variantli test topshiriqlari joriy etildi va ushbu jarayonning samaradorligiga erishildi.
Testologiyaning rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi munosib hissa qo‘shgan.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalariga talabalarni test sinovi orqali qabul qilishni individual tarzda, ya’ni har bir abiturient uchun alohida test kitobchalarining tavsiya etilishi, olingan natijalarning sifat va miqdor jihatdan tahlil etilishi, asosli xulosalar chiqarilishi, har bir o‘quv fani bo‘yicha qiyin o‘zlashtiriladigan mavzularning aniqlanishi, uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyatini yaratdi.
Testologiyaning prinstiplari va metodlari hozirgi kunda pedagogika, tibbiyot, texnika, menedjment sohalarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar: testlar tuzish metodikasi, samaradorlik, variativlik, validlik, ishonchlilik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta’lim mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test topshiriqlarini tuzish metodikasi, test sinovining o‘tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta’lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o‘lchovi ham e’tiborga olinishi lozim.
Hozirgi zamon testologiya fani amaliy fan bo‘lib, tadqiqotchilar oldiga nazariy muammolar, matematik yondoshuvlar, model va metodlarni tavsiya etmoqda. Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning quyidagi afzalliklari:
  • Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko‘nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi;


  • Ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etgan ko‘psonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud;


  • Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob’ektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’ektivizmga yo‘l qo‘yish oldini oladi.


  • Turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy-statistik tahlilini o‘tkazishga zamin tayyorlashi kabilar zamin yaratgan.


Test topshiriqlarining yalpi joriy etishdan avval, tanlangan maqsadli guruhda sinovdan o‘tkazish, olingan natijalar va baholashning ob’ektivligi tahlil qilinishi lozim.


Shuni qayd etish kerakki, test topshiriqlarida bilimlar strukturasining ketma-ketligi to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning mantiqiy yo‘nalishda talab darajasida berilishi lozim.
Talab darajasida tuzilgan test topshiriqlarining natijalari, ya’ni talabalarning to‘plagan ballari va ko‘rsatkichlari mazkur kurs bo‘yicha o‘quv jarayonining maqsadga muvofiq tashkil etilganligi, ta’limning individuallashtirilganligi, tabaqalashtirilgan yondoshuvning mavjudligi, pedagogning pedagogik mahorati, nazoratning haqqoniyligi va mashg‘ulotlar davomida qo‘llanilgan innovastion texnologiyalarga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
O‘qituvchi muayyan kurs bo‘yicha talabalarning shu kurs bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash Reyting tizimining joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun test topshiriqlarini tuzishda avvalo asosiy e’tiborni, DTS mazmunini qamrab olinishi, ya’ni mazmuni va shakliga, test topshiriqlari o‘rtasida uzviylik va izchillikka qaratishi lozim.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin