Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə50/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

Компьютер саводхонлик

Ҳуқуқий- меъёрий саводхонлик
YuQORI MALAKALI RAQOBAT- BARDOSh PEDAGOG KADR SIFATIDA

Касбий педагогик


Илмийижодий салоҳият

      Ilmiy- nazariy



    Ilmiy-pedagogik ijod metodologiyasi


      Ilmiy-metodik tayyorgarlik




    Psixologo - pedagogik tayyorgarlik

      Kasbiy sifatlar va fazilatlar



    Dolzarb muammo yuzasidan tadqiqot o‘tkazish

      Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik



    Innovastion loyihalarda

    Pedagog kadrlarning modelini tuzishda quyidagilar konsteptual asos sifatida qabul qilindi9:


    • Pedagog yuqori darajadagi ilmiy-nazariy, psixologo-pedagogik va ilmiy-metodik tayyorgarlik orqali yuksak kasb - hunar madaniyatiga ega bo‘ladi;


    • Pedagogni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ularning kasbiy tayyorgarligini orttirishda ilmiy-nazariy, psixologo - pedagogik tarkibiy qismlar bilan uzviy ravishda ilmiy-metodik tayyorgarlikni amalga oshirish zarur;


    • O‘qituvchining pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘zlashtirgan barcha bilim, ko‘nikma va malakalari pedagogik faoliyatda xususiy metodik darajada, ya’ni muayyan fanni o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi. Shu bois o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligining tarkibiy qismlari ichida ilmiy-metodik tayyorgarlik asosiy o‘rinni egallaydi.


    • Pedagogning ilmiy-metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlari sifatida metodologik, gnoseologik, kommunikativ, loyihalash va tashkiliy faoliyatga oid bilim, ko‘nikma va malakalar belgilandi.


    • Yuksak kasb-hunar madaniyatiga ega bo‘lgan mutaxassis o‘zida ijtimoiy va ijodiy faollik, g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy etuklikni mujassamlash- tirsa, yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sanaladi.


    • Pedagog kadrlarning ijtimoiy va ijodiy faolligi, g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy etukligi o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi va ularning tarkibiy qismlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, g‘oyaviy- siyosiy etuklik ilmiy-metodik tayyorgarlikning tarkibiy qismi bo‘lgan metodologik bilim, ko‘nikma va malakalarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy va ijodiy faollik o‘qituvchining o‘z kasbiy tayyorgarligini muntazam orttirishiga, aksincha yuksak kasb-hunar madaniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga ijodiy yondashuviga va ijtimoiy faolligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.


    • Yuqori malakali raqobatbardosh pedagog kadr bo‘lgan professor- o‘qituvchisi, o‘z navbatida, yuksak ma’naviyat va madaniyat sohibi, milliy istiqlol mafkurasi va g‘oyalarini singdirgan shaxs sifatida, ta’lim-tarbiya jarayonidagi istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etish orqali, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi, hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola biladi.


    • Pedagogni tayyorlashda kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismlari, yuqori malakali raqobatbardosh pedagog kadr va shaxs sifatidagi xususiyatlarini



    9 Tolipova J.O. Biologiya o‘qituvchisining ilmiy-metodik tayyorgarligi darajasini orttirishning nazariyasi va amaliyoti. Monografiya. -T.: Fan. 2005. -114 b.
    yaxlit holda tasavvur qilib, ularning o‘rtasidagi uzviylikni amalga oshirish zarur.
    Mazkur modelning tarkibiy qismlari va ularning shakllanishini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarning majmuasi professiogrammada o‘z aksini topadi.
    Professiogramma – bu mutaxassisning shaxsiy sifatlari va kasbiy faoliyat turlariga kiradigan kasbiy talablar va me’yorlarning ilmiy asoslangan holdagi tavsifi.
    Professiogramma o‘zida modelning tarkibiy qismlari va ularni shakllantirishga asos bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Shu sababli professiogramma muayyan pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun o‘qituvchidan – amaliy va nazariy fikr yuritishni, ushbu jarayonni amalga oshirish uchun muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishni talab etadi.
    Nazariy fikr yuritish ta’lim-tarbiya jarayonidagi umumiy qonuniyatlar, ya’ni pedagogik vazifalarni hal etishning prinstiplari va usullarini ishlab chiqish, pedagogik jarayonlarni kuzatish, kuzatish natijalarini umumlashtirish, xulosa yasash, o‘z faoliyati bilan taqqoslash va o‘zi uchun zarur qoidalarning kelib chiqishiga zamin tayyorlaydi.
    Amaliy fikr yuritish asosan biologiyani o‘qitishning xususiy vazifalarini hal etishga qaratilgan. Ushbu fikr yuritish muayyan vaziyatlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish va muammoli vaziyatlardan chiqib ketish kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi.
    O‘qituvchining pedagogik faoliyati va mahorati darajasini, amaliy pedagogik vazifalarni hal etish jarayonining ilmiy-nazariy jihatdan to‘g‘ri asoslanganligi bilan belgilash zarur.
    O‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatini tahlil qilib, ilmiy-nazariy asoslab, o‘ziga ma’lum pedagogik prinstiplarni va uni amalga oshirish qoidalarini ishlab chiqadi.
    Pedagogning o‘z faoliyatini tahlil qilish, umumlashtirish va pedagogik ta’sir ko‘rsatishning mantiqiy ketma-ketligini ishlab chiqishi, uning pedagogik mahorat cho‘qqisini egallaganligini ko‘rsatadi.
    Pedagogik vazifalarni hal etish, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, ya’ni o‘qituvchilardan aqliy faoliyat usullari – tanqidiy-tahliliy, mantiqiy fikr yuritishni talab etadi.
    Mazkur pedagogik faoliyat ta’lim-tarbiya jarayonini asosiy bo‘g‘inlarga ajratish va istiqboldagi vazifalarni loyihalash ko‘nikmalariga asoslanadi.
    O‘qituvchining pedagogik nazariyalarni yaxshi o‘zlashtirganligi, o‘z kasb-dosh- larining ish tajribalarini tinmay o‘rganishi, o‘z pedagogik faoliyati natija-
    sini umumlashtirish va muntazam tahlil o‘tkazish, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga, ta’lim mazmuni xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali vosita, metod va shakllarini tanlashga imkon yaratadi.
    Oliy ta’lim professor - o‘qituvchisining modelining asosini o‘qituvchi shaxsi tashkil etib, u barkamol shaxs sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan, yuksak huquqiy va umumiy madaniyatli, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan etuk, ma’naviy-axloqiy etuklikka ega, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarkib topgan, horijiy tillarni puxta o‘zlashtirish orqali horijdagi hamkasblari bilan ijtimoiy hamkorlikka kirisha oladigan bo‘lishi nazarda tutilmoqda.
    Yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sifatida kasbiy-pedagogik tayyorgarlik, ilmiy-ijodiy salohiyatli, ijodiy va ijtimoiy faol, huquqiy- me’yoriy va kompyuter savodxonligiga ega kadr nazarda tutilgan.
    Yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sifatida kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajasi pedagogning ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik, pedagogik- psixologik tayyorgarligi darajasiga bevosita va bilvosita bog‘liq.
    Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining ilmiy-ijodiy salohiyatli bo‘lishi natijasida ilmiy-pedagogik ijod metodologiyasini chuqur o‘zlashtirgan, fundamental va o‘qitish metodikasi fanlarining dolzarb muammolari yuzasidan tadqiqot o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lishi, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, innovastion loyihalarda faol qatnashishi e’tiborga olingan.
    Shuni qayd etish lozimki, tadqiqot davomida shakllantirilgan mazkur professiogramma oliy o‘quv yurtida pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda, pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligi va layoqatini nazorat qilish va baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin