Pedagogik jarayonning modeli va kvalimetrik diagnostikasi.
REJA:
Professor-o‘qituvchining pedagogik faoliyatining diagnostikasi.
Ma’ruza mashg‘ulotini kuzatish, tahlil qilish va samaradorlik koeffistentini aniqlash.
Amaliy mashg‘ulotni kuzatish, tahlil qilish va samaradorlik koeffistentini aniqlash.
Laboratoriya mashg‘ulotini kuzatish, tahlil qilish va samaradorlik koeffistentini aniqlash.
Seminar mashg‘ulotini kuzatish, tahlil qilish va samaradorlik koeffistentini aniqlash.
modul. Professor-o‘qituvchining pedagogik faoliyatini so‘rovnoma vositasida tahlil qilish.
modul. Kvalimetriyaning boshqa fanlar bilan aloqasini tahlil qilish.
Professor-o‘qituvchining pedagogik faoliyatining diagnostikasi Pedagogik kvalimetriyada o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini o‘rganish, nazorat qilish va baholash mezonlarini ishlab chiqish muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini o‘rganish dastlab, pedagogning o‘zi o‘qitadigan kursning mazmun-mohiyatini anglashi, pedagogik kadrlar tayyorlashdagi o‘rnini bilish, kursning o‘quv-metodik ta’minotini yaratganligi bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Shuni hisobga olgan holda quyida o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarni o‘tkazishga o‘quv-metodik tayyorgarligini o‘rganish, nazorat qilish va baholash mezonlari berilmoqda. Mazkur mezonlar kursni o‘qitish shakllari: ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini tashkil etadigan va o‘tkazadigan o‘qituvchilar uchun umumiy sanaladi.