KEYSLAR BANKI
1-keys. Respublikamizda oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan. Test sinovlarining afzalliklari mavjud bo‘lishiga qaramasdan, o‘qishga qabul qilingan talabalarning bilimlarida muayyan kamchiliklar uchraydi. Ularning ba’zilarida nutq va muloqot madaniyati past darajada, o‘z fikrini bayon etish, fikrini asoslash ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalari tarkib topmaganligi ma’lum bo‘ladi.
Savollar:
Muammo nimadan iborat?
Mazkur muammoni hal etish uchun professor-o‘qituvchilar qanday ishlar olib borishi lozim deb o‘ylaysiz?
Siz bu muammoga qanday echimlar taklif qilasiz?
Manba: Pedagogik kvalimetriyaga doir adabiyotlar.
Tinglovchilar uchun ko‘rsatmalar:
Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
Muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
Ana shu omillar asosida echimni asoslashga harakat qiling.
O‘z fikringizni bayon eting.
Keysni echish jarayoni:
Tinglovchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qilinadi.
Tinglovchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.
Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muxim omillarni bayon etadi.
Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
O‘qituvchining echimi
omil: Davlat Test markazi tomonidan fanlar bo‘yicha tuzilgan test topshiriqlari standart testlar bo‘lib, abiturienlarning fan asoslarini o‘zlashtirish darajasini aniqlashga emas, balki ularning xotirasining kuchlilik darajasini aniqlaydi.
omil: Professor-o‘qituvchilar o‘qishga qabul qilingan talabalarning nutq va muloqot madaniyati, o‘z fikrini bayon etish, fikrini asoslash ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida nostandart o‘quv va test topshiriqlaridan foydalanishi lozim.
keys. Oliy ta’lim muassasasining “Anonim xatlar” qutisiga tabiiy fanlar fakultetida pedagogik faoliyat yuritayotgan Hasan Husanovichning ta’magirligi, talabalarga tazyiq o‘tkazishi haqida ma’lumot kelib tushdi.
Fakultet dekani Hasan Husanovich mashg‘ulot olib boradigan guruh talabalari bilan Hasan Husanovich ishtirokida umumiy tarzda suhbat o‘tkazdi. Xatdagi faktlar tasdiqlanmadi. Bu holatni qanday izohlash mumkin?
Dostları ilə paylaş: |