Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar


hisobida Davolash faoliyati bilan



Yüklə 129,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix22.12.2022
ölçüsü129,89 Kb.
#77337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida

hisobida
Davolash faoliyati bilan
tutashgan
mutaxassisliklar
Davolash faoliyati bilan
tutash bo‘lmagan
mutaxassisliklar
Nazariy va amaliy ta’lim
30 — 55
45 — 55
30 — 55
Shu jumladan, auditoriya
(kontaktli) va mustaqil
ta’limning nisbati
30/70 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha
Attestatsiya
4 — 18
4 — 10
4 — 10
Ta’tillar
**
6 — 21
10 — 20
10 — 20
Ilmiy faoliyat
30 — 55
30 — 40
30 — 55
* Ayrim yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ta’lim jarayoni zaruratiga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ular uchun mazkur foizlarga o‘zgartirish
kiritishga yo‘l qo‘yiladi.
** Qishki ta’til ikki haftadan oshmasligi maqsadga muvofiq.
Ilmiy faoliyat magistratura ta’lim oluvchilarining yakka tartibdagi taqvimiy ish rejasi asosida
amalga oshiriladi va quyidagilarga bo‘linadi:
ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash — 60 — 75 %;
ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti — 25 — 40 %.
Barcha ta’lim sohalari uchun nazariy va amaliy ta’lim hajmining kamida 95 %
umummetodologik va mutaxassislik fanlaridan tashkil topgan majburiy va tanlov fanlari
bloklaridan iborat bo‘lishi lozim.
Magistratura mutaxassisliklari talabalarining ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini
tayyorlash tartibi va malaka amaliyoti (tajriba orttirish)ni o‘tash tartibi oliy ta’limni boshqarish
bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
7. Kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash
7.1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari professor-o‘qituvchilari
tarkibiga qo‘yiladigan umumiy talablar.
Bakalavriat o‘quv rejasi va o‘quv dasturini amalga oshirishda o‘qitilayotgan fan bo‘yicha
tayanch ma’lumotga, bilimga, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilar (magistr
yoki diplomli mutaxassislar), fan nomzodlari, falsafa doktori (PhD), dotsentlar, fan doktori (DSc),
professorlar, ilmiy, pedagogik va ijodiy unvonlarga ega bo‘lgan shaxslar, shuningdek tajribaga ega
bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilar jalb etilishi lozim.
Magistratura o‘quv rejasi va o‘quv dasturini amalga oshirishda o‘qitilayotgan fan bo‘yicha fan
nomzodlari, falsafa doktori (PhD), dotsentlar, fan doktori (DSc) va professorlar, ilmiy, pedagogik va
ijodiy unvonlarga (darajalarga) ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilar jalb etilishi
lozim.
7.2. Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish.


Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash
sifatini nazorat qilish quyidagilardan iborat:
ichki nazorat oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta’limni
boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan tegishli ravishda belgilangan
reyting (baholash) tizimi hamda kredit-modul tizimi mezonlarga muvofiq o‘rnatilgan tartibda
o‘tkaziladi;
bitiruvchilarning yakuniy nazorati oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv
rejalariga muvofiq bakalavriatda o‘quv fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi va (yoki) bitiruv
malakaviy ishi himoyasi, shuningdek magistraturada magistrlik dissertatsiyasining himoyasi
shaklida amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruv
organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda amalga
oshiriladi;
tashqi nazorat belgilangan tartibda oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat
boshqaruvi organi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
7.3. Oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
muassasalarining faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuni 
va
boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 129,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin