26-variant
1.
Ulug‘bek, Karim va yana 10 kishi kutubxonada kitob olish uchun navbatga turdi.
Ulug‘bek bilan Karim o‘rtasida navbatda turganlar soni roppa-rosa beshta bo‘lish ehtimolini
toping.
2.
Bank xodimi ishga tramvay yoki avtobusda borishi mumkin. Ishga 1/3 hollarda
tramvayda, 2/3 hollarda avtobusda boradi. Agar u tramvayda borsa, uning ishga kechikib
borish ehtimoli 0,05 ga, avtobusda borganida 0,01 ga teng. Bugun bank xodimining ishga
kechikib kelganligi ma’lum bo‘lsa, uning tramvayda ishga kelganligi ehtimoli qanday?
3.
Do‘kon 1000 shisha ma’danli suv oldi. Do‘kon omboriga joylashtirish vaqtida 1 ta
shishaning sinib qolishi ehtimoli 0,003 ga tеng. Do‘konga kеltirilgan shisha idishlarning:
a)
rosa 2 tasi; b)
2 tadan kami; c)
2 tadan ko‘pi;
g)
hеch bo‘lmaganda bittasi singan bo‘lishi ehtimolini toping.
4.
Turli faoliyat bilan shug‘illanuvchi uchta firma bir-biriga bog‘liqmas ravishda o‘z
mahsuloti bilan ko‘rgazmada ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada g‘olib bo‘lish ehtimoli birinchi
firma uchun 0,8 ga, ikkinchisi uchun 0,6 ga, uchinchisi uchun 0,5 ga tеng. Ko‘rgazmada g‘olib
bo‘lgan firmalar sonidan iborat
X
tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping.
Dostları ilə paylaş: