28-variant
1.
Mehmonxonaga o‘n kishi keldi (ichida Hasan va Husan ham bor).
Ular ikkita uch
kishilik va bitta to‘rt kishilik xonaga joylashtirildi. Mehmonlarni necha usul bilan joylashtirish
mumkin? Agar
A
Hasan va Husanning bitta to‘rt kishilik xonaga tushib qolishi hodisasi bo‘lsa,
uning ehtimolini toping.
2.
Tijorat banki o‘z mablag‘larining 20% ini davlat korxonalariga, 50 % ini ipoteka
kreditiga va 30 % ini iste’mol kreditiga sarf qilgan. Mijozlarning olgan qarzlarni qaytarmaslik
ehtimollari davlat korxonalari uchun 0,1 ga, ipoteka krediti uchun 0,2 ga va iste’mol krediti
uchun 0,15 ga teng bo‘lsa, a) kredit olmoqchi bo‘lgan yangi mijozning qarzni o‘z
vaqtida
qaytarishi
ehtimolini toping; b) qaytarilmaydigan qarz ipoteka kreditiga tegishli bo‘lishi
ehtimolini toping.
3.
Kassirning qaydnomada ko‘rsatilgan pulni birinchi
sanashda adashishi ehtimoli
0,04 ga tеng. Uning 25 ta qaydnomadagi pullarni sanaganda ko‘pi bilan ikkita qaydnomada
adashishi ehtimolini toping.
4
. Ma'lum bir partiyada yaroqsiz dеtallar 10% ni tashkil etadi. Tavakkaliga 4 ta dеtal
tanlab olinadi. Bu 4 ta dеtal orasida yaroqsiz detallar sonidan iborat bo‘lgan
X
diskrеt
tasodifiy miqdorning binomial taqsimot qonunini toping.
5. X
tasodifiy miqdor quyidagi zichlik funksiyasiga ega.
a)
A
koeffitsientni toping; b)
M(X)
va
D(X)
larni toping.
6.
Korxona ishchilaridan tavakkaliga 20 kishi tanlangan va ularning ta’rif razryadlari
haqida quyidagi ma’lumotlar olingan.
1, 2, 4, 6, 3, 4, 4, 2, 6, 3, 5, 3, 3, 1, 5, 4, 2, 5, 4, 3.
Bu ma’lumotlarga asoslangan holda: tanlanmaning statistik
taqsimotini tuzing va
chastotalar poligonini yasang.
Dostları ilə paylaş: