Milliy qadriyat va urf-odatlarimizni oʻzida jamlagan “Talabalik bahori” anʼanaviy festivalini tashkil etish.
1. Fakultetlarga biriktirilgan viloyatlar kesimida tanishtiruv. Jamoa aʼzolari oʻzlariga biriktirilgan viloyatlar haqida toʻliq maʼlumot berishlari va shu viloyatga tegishli qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni olib chiqishlari kerak.
2. Ommaviy raqs.Kamida 4 kishidan iborat milliy kuyga raqs ijro etilishi lozim.
3. Folklor. Urf-odatlar, toʻy va marosimlari, shuningdek, baxshichilik, qoʻshiqchilik, laparlar, xalq oʻyinlari, alla va xalq ogʻzaki ijodi namunalari taqdim etiladi.
4. Musiqa asbobida asar ijrosi. Oʻzbek yoki jahon klassik musiqalaridan birini yakka (yoki jamoa) holda ijro etish.
5. Sheʼrxonlik. 24 qatordan kam boʻlmagan sheʼrni (gʻazal, monolog, bagʻishlov va h.k.) ifodali yoddan oʻqish.
6. Liboslar namoyishi.“Orasta kiyim odob koʻrki” shiori ostida jamoa oʻziga biriktirilgan viloyat milliy liboslarini hamda kiyinish madaniyatini namoyish etish.
7. Sahna koʻrinishi. Milliy adabiyotimiz asarlari asosida sahna koʻrinishi namoyish etiladi.
8. Qoʻshiq. Yakka yoki bir necha talaba ijrosida qoʻshiq. Mumtoz va anʼanaviy yoʻnalishlardagi qoʻshiqlar.
9. Sahna bezaklari, ishtirokchilarning liboslari va festivalning tashkil etilishi.Festivalga umumiy tayyorgarlik, sahna bezaklari va ishtirokchilarning oʻziga xos liboslari badiiy did bilan tashkil etilishi shart.
2024-yil
mart
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi
IX. TALABALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH, ULARNI MODDIY VA MAʼNAVIY RAGʻBATLANTIRISH YOʻNALISHIDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR
65.
Nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning qiziqishi va intilishini roʻyobga chiqarishga qaratilgan maʼrifiy tadbirlarnitashkil etish.
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi
68.
Bitiruvchi talaba yoshlar hamda magistrantlar oʻrtasida ularning mutaxassisliklari boʻyicha olgan bilimlari va kelajakda qanday kasb-hunar va mehnat turlariga xohish va qiziqishlari oʻrganish mavjudligini oʻrganish maqsadida “Bitiruvchi yoshlarni ish bilan taʼminlashning dolzarb masalalari” mavzusida sotsiologik tadqiqot oʻtkazish va natijalarini tahlil qilish.
2024-yil aprel-may
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Oʻquv-tarbiya jarayonini sotsiologik oʻrganish va psixologik tahlil qilish guruhi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, OTMdagi jamoat tashkilotlari
Izoh: OTM rejasini tayyorlash jarayonida talabalar oʻrtasida mazkur masalaga doir ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazish va uning natijasidan foydalanish tavsiya etiladi.
“Jadval ilova qilinadi” deb yozilgan bandlardagi har bir masala boʻyicha jadval mazkur rejaga ilova qilinishi zarur.
“5 muhim tashabbus boʻyicha reja asosida” deb yozilgan bandlardagi tadbirlar 5 muhim tashabbus dasturida aks etgan boʻlishi lozim.
Rejada keltirilgan tadbirlarning barchasi OAVda hamda OTMga qarashli bosma va elektron matbuotda yoritib boriladi.
Har bir band masʼul ijrochilari qatorida OTM matbuot kotibi aks ettirilishi lozim.
Mazkur rejani tayyorlash davomida hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan tadbirlar ham kiritilishi maqsadga muvofiq.
Mazkur ish rejani amalga oshirishda zarur boʻlgan mablagʻlar oliy taʼlim muassasasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga ajratilgan mablagʻlari doirasida qoplanadi.
Akademik litseylar va professional taʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yili davomida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
NAMUNAVIY REJA