OTM talabalarining maʼlumotlar bazasini yaratish:
— (TTJ da, ijarada, yaqin qarindoshinikida va shaxsiy xonadonda) yashovchi talabalarning umumiy elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish ;
— talabalar yashash joylarini hududlar (qizil, sariq, yashil) kesimida oʻrganish;
— talabalar turar joylarida, ijarada va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlarni oʻrganib borish va mutasaddilarga taklif kiritish;
— xususiy xonadonda va ijarada yashovchi talabalar bilan amalga oshiriladigan maʼnaviy-maʼrifiy tabdirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
xususiy xonadon va ijaradagi talabalarning mashgʻulotlarga tayyorgarligi, dam olish sharoitlarini oʻrganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish;
xususiy xonadonda va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilish maqsadida mahalla oqsoqoli, tyutor va talaba oʻrtasida oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyish;
- bu boradagi ishlarni tashkil etishda mahalla fuqarolar yigʻinlari, uchastka-profilaktika nozirlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.
|
2023/2024 o‘quv yili davomida
|
Tyutor, OTM profilaktika inspektori, psixolog, fakultet dekanning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi.
|
3.
|
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar tomonidan tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy, sport hamda ilmiy-innovatsion tanlovlarda talabalarning qiziqishiga hamda iqtidoriga ko‘ra ishtirokini ta’minlash.
|
2023/2024 o‘quv yili davomida
|
Tyutor
|
4.
|
“Talabalarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida seminar va davra suhbatlari oʻtkazish
|
2023/2024 o‘quv yili davomida
|
Tyutor, OTM profilaktika inspektori, psixolog, fakultet dekanning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi.
|
5.
|
Oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy muhitni takomillashtirish maqsadida muntazam ravishda talabalarning ota-onasi bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish hamda ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi oʻrni, majburiyati, masʼuliyati va farzandlar bilan oʻzaro munosabatlarini mustahkamlashga koʻmaklashish, ularning taʼlim tizimidagi islohotlar haqida maʼlumotga ega boʻlishlarini taʼminlash
|
Reja asosida Har chorakda
|
Tyutor
|
6.
|
Talabalarning xalqaro grantlar va loyihalarda qatnashishlariga koʻmak berish va ragʻbatlantirishga tavsiya etish, ilm-fan hamda tadqiqotlarda faol ishtirok etayotgan talabalarni taʼlim muassasasi rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan ragʻbatlantirilishini tashkil etish.
|
2023/2024 o‘quv yili davomida
|
Tyutor
|
7.
|
OTMda tahsil olayotgan chin yetimlar, boquvchisini yoʻqotganlar, nogironlar, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalar farzandlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish :
— moddiy yordamga muhtoj talabalarni aniqlash, ularni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fakultet dekaniga taklif kiritish;
— shuningdek, ularning ijtimoiy muhofazasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
— nogironligi boʻlgan, yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va kam taʼminlangan talabalarga alohida gʻamxoʻrlik qilish, ularga tegishli tartibda ijtimoiy, maʼnaviy va psixologik yordam berish choralarini koʻrish;
— kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda turli koʻngilochar joylarga hamda konsertlarga, teatr tomoshalariga tashrifini taʼminlash.
|
2023/2024 o‘quv yili davomida
|
Tyutor, psixolog, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
|
8.
|
Talabalarga ilmiy maqolalar yozishda maslahatlar berish va chop etishda yordam koʻrsatish, ularni kelgusida ilmiy faoliyat olib borishlariga tajribali ustozlar va professorlar ishtirokida yaqindan yordam berish.
|
2023/2024 o‘quv yili davomida
|
Tyutor
|
9.
|
Yoshlar o‘rtasida erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish.
|
Har ikki oyda
|
Tyutor, psixolog, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, fakultet dekanning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi.
|
10.
|
Isteʼdodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni respublika va xalqaro tanlovlarga maqsadli tayyorlash, iqtidorli talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etish.
|
2023/2024 o‘quv yili davomida
|
Tyutor
|
|