Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida yangi – 2023-2024-oʻquv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qoʻllab-quvvatlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida


2023 yilda “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi”



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə36/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#212214
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Бўйруқ лойиҳа мустақиллик дарслари

11.

2023 yilda “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” shiori ostida oliy ta’lim muassasasida kitobxonlik anjumanlari va yangi kitoblar taqdimotlarini o‘tkazib borish

aprel-may oylarida

Tyutor, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.

12.

Talabalarning oʻquv motivlari, shaxsiy yoʻnalganligi, qadriyatlar tizimini oʻrganish. Bunda:
-guruh talabalariga tarbiyaviy taʼsir oʻtkazishga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar oʻtkazish;
-pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy taʼsirga ega mashgʻulotlar oʻtkazish.

Har chorakda

Tyutor, psixolog.

13.

Talabalarni turli ilmiy tadbirlar: konferensiyalar, seminarlar, respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiadalar va forumlarda ishtirok etishlarini tashkillashtirish.

2023/2024 o‘quv yili davomida

Tyutor

14.

OTM psixologi bilan hamkorlikda Talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan psixologik-psixoprafilaktik ishlarni amalga oshirish.

2023/2024 o‘quv yili davomida

Tyutor, psixolog.

15.

Teatr – tarbiya maskani”, “Vatan boʻylab sayohat” shiori ostida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, yoshlar orasida keng targʻib etish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini mustahkamlash maqsadida “Ajdodlar xotirasi yodimizda” (Adiblar xiyoboni, muqaddas qadamjolarga) “Oʻzbekiston — jannatmakon diyor”, “Baxtlar vodiysi”, “Biz nechun sevamiz, Oʻzbekistonni”, “Bunyodkorlik yoʻlida” mavzularida professor-oʻqituvchilar va talablarning madaniy ekskursiyalarini tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yili davomida

Tyutor, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.

16.

Talabalarning toʻgarak va klublarga aʼzoligini maksimal darajada taʼminlash va ularning ushbu toʻgaraklar faoliyatidagi ishtiroki monitoringini yuritish.

2023/2024 o‘quv yili davomida

Tyutor

17.

Taʼlim jarayonida talabalarning darslari, davomati va dars sifatining monitoringini olib borish:
— oʻquv-tarbiyaviy sohalardagi muammolarini bartaraf etish boʻyicha fakultet dekanati bilan hamkorlikda ishlash;
- talabaga tavsifnoma va akademik taʼtil berish masalasini hal etishda ishtirok etish, talaba haqidagi fakultetda mavjud maʼlumotlardan toʻla foydalanish;
— talabaning darslariga qatnashishi, oʻzlashtirish va ijtimoiy hayotidagi roliga oid takliflarni fakultet dekanatiga kiritish, talabaning ragʻbatlantirilishi yoki jazolanishi va maxsus stipendiyalarga loyiqligi boʻyicha xulosa berish;
— oʻzlashtirish koʻrsatgichi past hamda tarbiyasi ogʻir talabalar bilan tizimli ishlarni olib borish;
— Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, Kasaba uyushmasi va Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi bilan birgalikda talaba bilimini odilona baholashni nazorat qilish;
— taʼlim muassasasidagi taʼlim-tarbiya sifatini oʻrganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
— talabalarning darslarga qatnashishlari boʻyicha kunlik davomatini yuritib borish, ular tomonidan sababsiz qoldirilgan dars mashgʻulotlari yuzasidan tegishli choralar koʻrish boʻyicha fakultet dekanatiga bildirgi kiritib borish;
— talabalarning darslarni oʻzlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, innovatsion taʼlim texnologiyalari va oʻquv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan taʼminlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga koʻmaklashish;
— talaba haqida fakultet dekanatiga tushayotgan maʼlumot asosida guruh sardori bilan birgalikda professor-oʻqituvchilar bilan suhbatlashish, oʻzlashtirishi past talabaga yordamlashib, oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan talabani unga biriktirish, qoʻshimcha darslar va maslahatlar tashkil etish, fanlar boʻyicha akademik qarzdorliklarni belgilangan muddatda topshirishini nazorat qilish.

2023/2024 o‘quv yili davomida

Tyutor, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, Kasaba uyushmasi, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi, fakultet dekani.

18.

Talabalarning psixologik va oʻziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan shaxslarni oʻqitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga eʼtibor qaratish.

2023/2024 o‘quv yili davomida

Tyutor

19.

Talaba yoshlar uchun kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda «Kitobsevar millat» umummilliy g‘oyasi asosida badiiy asarlar muhokamalari va davra suhbatlarini tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yili davomida

Tyutor, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.

20.

Isteʼdodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash hamda ilmiy toʻgaraklar, innovatsion startaplarga va klublarga jalb etish.

2023/2024 o‘quv yili davomida

Tyutor

21.

Sport bizni birlashtiradi”, “Sport – salomatlik garovi”, “Jismoniy tarbiya va madaniyat zamonaviy talaba uchun asosiy mezon” shiori ostida chelenjlarni tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yili davomida

Tyutor, OTM sport klubi.

22.

Talabalarda sogʻlom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, ularni yuksak maʼnaviyatli shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan ishlar natijadorligini oshirish (bunda quyidagi yoʻnalishlarda “Maʼnaviyat-maʼrifat va madaniyat oyliklari”ni oʻtkazish tavsiya etiladi):
sentabr – “Mehr-muruvvat oyligi”,
oktyabr – “Ustoz va murabbiylar oyligi”,
noyabr – “Atrof-muhit muhofazasi oyligi”,
dekabr – “Huquqiy savodxonlik va madaniyat oyligi”,
yanvar – “Axborot xavfsizligi oyligi”,
fevral – “Sogʻlom turmush madaniyati oyligi”,
mart – “Koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish oyligi”,
aprel – “Tejamkorlik oyligi”,
may – “Kitobxonlik va mutolaa oyligi”,
iyun – “Yoshlar bunyodkorligi oyligi”.

2023/2024 o‘quv yili davomida

Tyutor, Soha prorektorlari, fakultet dekani, TTJ direksiyasi direktori va tarbiyachi-pedagoglar, OTM psixologi, OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin