2.3-jadval.O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash tizimining tashkilotlarining kompyuterlar bilan ta’minlanganlik holati52
№
|
Muassasalar
|
Boshqaruv xodimlarining soni
|
1
|
Respublika tez yordam xizmati
|
208
|
2
|
Respublika tibbiyot profilaktika markazlari
|
29
|
3
|
Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari
|
10
|
4
|
Respublika ilmiy tadqiqot institutlari
|
95
|
5
|
Tibbiy statistika va salomatlik instituti va uning filiallari
|
154
|
6
|
OITSga qarshi kurashish Respublika markazi
|
15
|
7
|
Qon quyish va gemotologiya ITI tizimidagi Qon xizmati
|
15
|
8
|
Respublika SES markazi
|
208
|
9
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shaxri va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari
|
14
|
10
|
Respublika tezyordam markazining viloyat filiallari
|
12
|
11
|
Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari
|
13
|
12
|
Viloyat ixtisoslashgan shifoxonalar, tug‘ruqxonalar va dispanserlar
|
214
|
13
|
Viloyat ko‘ptarmoqli bolalar tibbiyot markazlari
|
13
|
14
|
Viloyat tibbiyot diagnostika markazlari
|
14
|
15
|
OITSga qarshi kurashish viloyat markazi
|
14
|
16
|
Viloyat qon quyish markazi
|
14
|
17
|
Davlat SES viloyat markazi
|
14
|
18
|
Tuman tibbiyot birlashmalari
|
197
|
19
|
Tuman (shahar) SES markazi
|
194
|
20
|
Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va maxsuslashtirilgan shifoxonalar
|
2995
|
Bugungi kunga qadar yuqorida ro‘yxatda keltirilgan tibbiyot muassasalari jami 12900 ta ro‘yxatdan o‘tkazilgan kompyuter bilan ta’minlangan bo‘lib, bu bor yo‘g‘i 10 foizni tashkil etadi.Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish maqsadida to‘rt bosqichda investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Birinchisi kompyuterlarni yanada ko‘paytirish, ikkinchisi internetga ulanishni ta’minlash, keyingi navbatda texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlab berish va nixoyat to‘rtinchisi axborot tizimlarini to‘liq ta’minlab berish masalalari. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xar yili 7.5 milliard so‘m miqdorda to‘rt yil davomida pul ajratilishi kerak bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining 73 son qarori bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bazasida xar bir viloyatda yiliga 400-500 xodim kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘qishi tashkil etilgan.
Dunyoning rivojlangan davlatlari tomonidan elektron xukumat tizimini rivojlantirishda iqtisodiyotning real sektori bilan bir qatorda, ijtimoiy ximoya, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini xam elektron tizimini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Mazkur bobda dunyoning bir qator rivojlangan va jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan davlatlar tomonidan elektron sog‘liqni saqlash tizimini joriy etish va rivojlantirish dasturlarini taxlil qilinadi.
Elektron sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bir qator bosqichlardan iborat bo‘lib, ularning umum e’tirof etilgan bosqichlari quyidagicha:
1990 yillar “Davolanish yo‘riqnomalarini uzatish tizimini yaratilishi” – xizmatlarni yaxshilanishi, tibbiyot snimkalarining elektron ko‘rinishga keltirilshi (qog‘oz va plenkalardan voz kechish).
2000 yillar “Elektron tibbiy yozuvlar” – qog‘oz ko‘rinishidagi tibbiyot kartalardan to‘liq voz kechilishi va elektron tibbiyot varaqalarni yo‘lga qo‘yilishi, sog‘liqni saqlash yo‘nalishlari bo‘yicha yaratilgan alohida tizimlarni integratsiyalashuvi.
2010-2013 yillar “Integratsiyalashgan mediakarta tizimi” – “yagona oyna” tipidagi xizmat ko‘rsatish tizimini yaratilishi, mamlakat miqyosida tibbiy ma’lumotlarni almashinuv tizimini yaratilishi.
Buyuk Britaniya misolida elektron sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish. Buyuk Britaniyada elektron sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida 2002 yilda “AT” loyihasi ishga tushirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 11.4 mlrd. funtsterling.
Loyihaning asosiy maqsadlari:
ma’lumotlar sifati va ularni almashinuvi yuzasidan yagona milliy standart (tizim)ni yaratish;
elektron tarzda sog‘liqni saqlash tizimi va davolanish maskanlarini tanlash imkoniyatini yaratish;
har bir davolanuvchining tibbiyot varaqasini o‘rganish (dostup) tizimini yaratish.
YUqorida qayd etilgan Elektron sog‘liqni saqlash tizimining asosiy vazifalari asosida,5ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Milliy tarmoq (2004-2007yy.), Davlat miqyosida barcha tibbiyot maskanlarining yagona ma’lumot almashinuv tarmog‘ini yaratilishi;
Qabulni elektron qayd etish (2004 yildan boshlab), 95% shifokorlar tomonidan 97% o‘tkir kasalliklar fondi tomonidan amalga oshirilib, qabulga qayd etish tizimi yo‘lga qo‘yildi, bugungi kunga qadar keng foydalanish yo‘lga qo‘yildi;
Tibbiy qaydlarni jamlash, Elektron sog‘liqni saqlash dasturda ishtirok etuvchi 10% shifokorlar tomonidan amalga oshirilib, ma’lumot alamashinuv tizimi orqali tibbiy tashxislarni to‘g‘riligini tekshirish, malaka almashinuvni yangi ko‘rinishini takomillashtirish;
E-Retsept taqdim etish (2004 yildan boshlab),shifokorlar tomonidan kasallarga retseptlarni elektron ko‘rinishda taqdim etilishi, shifoxonalar va dorixonalarni o‘zaro ma’lumot almashinuv tizimini rivojlanishi, dorilarni mavjudligi va narxi to‘g‘risidagi axborot almashinuv tizimi shakllandi. Ushbu tizim kasallarni vaqtini tejash, sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Loyiha 56 foiz amaliyotdagi vrachlar va 60 foiz dorixonalarda qo‘llanila boshladi;
Elektron tibbiyotdagi loyihalarni tugatish (2004-2007 yillar).Buyuk Britaniyaning milliy sog‘liqni saqlash dasturining rivojlanishi 2003 yildan 2016 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, 2003 yilda boshlang‘ich bosqich bosqich bo‘lib, 5 ta 10 yillik loyiha tuzilgan va loyihalar
5 milliard funt sterlingga baxolangan. 2007 yildan ikkinchi bosqich boshlanib, natijalarni tekshirish qo‘mita tomonidan davlat mablag‘larini taqsimlanishi tekshirib chiqildi, belgilangan jadvaldan
2 yil ortda qolish bilan joriy etila boshlandi. 2010 yilda loyihaning uchinchi bosqichi boshlandi va u qayta rejalashtirish deb nom oldi. Rejani amalga oshirish uchun yondoshuvni o‘zgartirish kerak degan nuqtai nazar bilan milliy ekologik potensialni xisobga olgan xolda lokal boshqaruv tizimi yordamida amalga oshirish mumkinligi aniqlandi.2016 yilgacha to‘rtinchi bosqichni amalga oshirish rejalashtirilgan. 2016 yilga qadar quyidagi ishlar rejalashtirilgan:
tibbiy ro‘yxatga olish tizimini to‘liq ishga tushirish;
standartlarni ishlab chiqish;
mijozlarni integratsiyasi tizimini ishlab chiqish.
Bugungi kunda yuqoridagi vazifalar dolzarbligicha qolmoqda va bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.
Kanada misolida elektron sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish. 2001 yildan boshlab “Canada Health Infoway” tashkiloti tomonidan Kanadada elektron sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish ishlari boshlangan yuo‘lib, 2006 yilda “Infoway” loyihasi ishga tushirilgan bo‘lib, loyiha 2015 yilgacha Kanadada elektron sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish, rivojlantirish va takomillashtirishni maqsad qilib olgan.
Loyihaning asosiy maqsadlari:
kasallarga xavfsiz va yuqori sifatdagi xizmatlarni taqdim etish;
tibbiy xizmatlarni ko‘payishi va ketma-ketlikda foydalanish imkonichtlarini kengaytirish;
Sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan yanada unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
“Infoway” loyihasi quyidagi dasturlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
1. Dori-darmonlarning elektron tizimi
2. Tibbiy lobaratoriyalar tizimi
3. Telemeditsina
4. Tibbiy tashxislarning elektronlashtirilishi (vizualizatsiya)
5. Kasallarning yagona ma’lumot tizimi
Koreya Respublikasi misolida elektron sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish. Koreya Respublikasi tomonidan keng tarmoqli elektron sog‘liqni saqlash tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, 3500 dan ortiq tibbiyot maskanlarini o‘z ichiga qamrab oladi, unga ko‘ra:
236 dan ortiq maxsus ixtisoslashgan shifoxonalar-klinikalar;
1334 ta poliklinikalar;
17 dan ortiq tuman shifoxonalari;
1908 dan ortiq tibbiy xizmat punktlari va boshqalar.
Elektron sog‘liqni saqlash tizimi kasallarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish, tashxis qo‘yish va uni qayta tekshirib tasdiqlash, kasallarga dori-darmon retseptlarini elektron ko‘rinishda taqdim etilishi, tibbiyot muassasalarini boshqaruvi va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini boshqarish quyi tizimlaridan iborat.
Koreya Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan sog‘liqni saqlash elektron tizimi kasallarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron retseptlar berish hamda dori-darmonlar bilan ta’minlash tizimilari bilan bir qatorda, tibbiyot maskaniga kasal tomonidan murojaat etilgan davrda malakali shifokor bo‘lmagan holda ham unga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
YAratilgan elektron tizim kasalni barcha tekshiruvlari, kasallik varaqasi, barcha lobaratoriya tekshiruvlar natijalari yagona elektron kasallar ma’lumot bazasida saqlanishi ta’minlangan. Bu esa o‘z navbatida mamlakatning qaysi chekkasida bo‘lishidan qat’iy nazar kasalga elektron tashxis qo‘yish, boshqa fishoxanalardagi malakali shifokorlardan maslaxat olish imkoniyatini yaratadi. Bu turdagi elektron sog‘liqni saqlash tizimi mamlakat poytaxti yoki eng uzoq va chekka qishloq aholisiga bir xildagi malakali va yuqori sifatdagi tibbiy yordam berish imkoniyatini yaratadi.
Koreya Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan sog‘liqni saqlash elektron tizimining yana bir e’tiborli jixati shundan iboratki, bu tizim mamlakatdagi aksariyat dorixonalarni qamrab olgan. Bu yuqorida qayd etilganidek elektron retseptlar asosida kerakli dorilarni qisqa muddatlarda topilishi bilan bir qatorda, dorixonalarni dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati, ulardagi narx-navolarni bir xilligini ta’minlash, dori-darmonlarni xarid qilishda uzluksiz ravishda sug‘urta kompaniyalarni ishtirokini ta’minlash kabi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Bu esa o‘z navbatida sog‘liqni saqlash tizimida davlat tomonidan o‘z vaqtida dori-darmon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyati, dori-darmon bozorini keskin o‘zgarishi, import va eksport masalalari, hamda narx-navolarni tartibga solinishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |