Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə35/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

5.2.1-jadval.


Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari tasnifi

Iqtisodiy sabablar

Institutsional sabablar

Ijtimoiy-madaniy sabablar

davlat xizmatchilarining past darajadagi
maoshlari

davlat muassasalari faoliyatining yuqori darajada yopiqligi

jamiyatda odob-axloq tushunchalarining zayflashishi va yo‘qolib
ketishi

davlat xizmatchilari
vakolatining yuqoriligi

hisobot tizimining beso‘naqayligi (kattaligi)

fuqarolar huquqiy ongi va madaniyatining pastligi




qonun chiqarish tizimida oshkoralikning yo‘qligi

“hokimiyat egalari”ning o‘zboshimchaligiga jamiyatning barmoq
orasidan qarash muhiti




davlatning kadrlar siyosati zaifligi




Ushbu uch guruh omillar amal qilayotgan mamlakatlarda (bular, birinchi navbatda, rivojlanayotgan va sobiq sotsialistik mamlakatlar) korrupsiya avj olgan bo‘ladi. Aksincha, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida esa bu omillar zaif bo‘lib, u yerda korrupsiya ham kam rivojlangan.
Korrupsiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan omil va sharoitlar yana quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • amaldagi qonunchilikning takomillashmaganligi, undagi ziddiyatlar, qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlarning bir-biriga zidligi, qonunlarni amaliyotga joriy qilish mexanizmining ishlamasligi;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvida byurokratiya, ma’muriyatchilikning rivojlanganligi, boshqaruv tizimida mansabdor shaxslarning haddan tashqari ko‘payib ketishi, boshqaruv tizimida bir-birining funksiyalarini takrorlashlarning ko‘pligi;

  • biznes va tadbirkorlikni ro‘yxatga olish, ruxsat berish va ularni tugatish protseduralarining haddan tashqari chigalligi, ko‘p bosqichli ekanligi, murakkabligi;

  • ishbilarmon va tadbirkorlarning huquqiy bilim, huquqiy madaniyatining yo‘qligi yoki sayozligi;

  • davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar, ishbilarmon, tadbirkorlarning ahloqi-ma’naviyatining sayozligi va boshqalar63.

Korrupsion munosabatlarining sabablari va mohiyatini tushuntirish uchun iqtisodchilar odatda “kafil bo‘lgan kishi (prinsipal)

  • ijrochi (agent) – rahnamolik ko‘rgan (mijoz)” modelidan foydalanadilar (5.2.2-rasm).

Bu modelda markaziy hukumat prinsipal (P) faoliyat yuritadi: u qoidalarni belgilaydi va o‘rta ham quyi bo‘g‘in amaldorlariga, ya’ni agentlarga (A) aniq vazifalar beradi. Bunda amaldorlar markaziy hukumat bilan alohida fuqarolar yoki firmalar, ya’ni mijozlar (M) o‘rtasida vositachilik qiladi. Soliqlar to‘lanishi evaziga agent prinsipal nomidan mijozlarga turli xil xizmatlarni ko‘rsatadi (firmalar faoliyatini litsenziyalashtiradi, fuqarolarga ijtimoiy nafaqalarni


63Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: назария ва амалиёт.Ўқув қўлланма.-Т.:Ноширлик ёғдуси, 2019-497-бет.
taqdim etadi, xodimlarni davlat xizmatiga yollashni amalga oshiradi va hakazo). Masalan, soliq xizmati doirasida prinsipal sifatida soliq xizmati rahbari timsolida davlat namoyon bo‘ladi, agentlar – soliq to‘plovchilar, mijozlar – soliq to‘lovchilar namoyon bo‘ladi. Soliqlarni to‘lash evaziga soliq to‘lovchilar qonuniy faoliyat yuritish imkoniyatiga egadirlar, aks holda ularni jarimalar va boshqa jazolar kutadi.
Lavozim suiiste’mol
qilinishi to‘g‘risida








Prinsipal bilan kontrakt doirasida majburiyatlarni bajarish
poralar




Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin