bu formula shuni anglatadiki, korrupsiyaning imkoniyatlari ba’zi faoliyat turlarini bajarish uchun davlat monopoliyasi (masalan, qurol- yarog‘ sotib olish) va amaldorlar faoliyatini nazoratsizligi bog‘liqdir, hamda suiste’mollik evaziga jazoga teskari bog‘liqdir65.
Korrupsiyani o‘lchash va uning ko‘lamlari
Hozirgi vaqtda korrupsiyani xis etish (indeksvospriyatiyakorrupsii(Corruption Perceptions Index – CPI)), Transparency International (Xalqaro shaffoflik notijorat nodavlat tashkiloti tomonidan hisoblanadi. Bu tashkilot turli mamlakatlarda 3 yil mobaynida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, mazkur indeksni e’lon qiladi. Bu tadqiqot natijalari biznesmen va analitiklarning turli mamlakatlarning korrupsiyalashganligi to‘g‘risidagi sub’ektiv baholari bilan taqqoslanadi. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish asosida har bir mamlakat 10 ballik shkala bo‘yicha baholanadi. 10 ball - korrupsiya yo‘qligini, 0 ball esa eng yuqori darajadaligini, ya’ni shaffoflikning minimalligini, yo‘qligini ifodalaydi.
Korrupsiyani his etish indeksi 1995 yildan beri hisoblanadi. Tadqiqot bazasi yildan-yilga kengaymoqda. 1995 yilda CPI jahonning 41 mamlakati bo‘yicha, 2003 yilda esa 133 mamlakatni qamrab olgan. Mazkur indeks 2003 yilda 13 ta mustaqil tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan 17 ta ijtimoiy fikrlarni tadqiqot etish natijalariga ko‘ra hisoblangan. Yakuniy ro‘yxatga uchta tadqiqot bilan qamrab olingan mamlakatlargina kiritilgan.
65 Qarang: Теневая экономика: учеб. пособие / И.П. Овсянникова; ФГБОУ ВО РГУПС. – Ростов н/Д, 2015. – С.29.
Transparency International xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti tomonidan har yili tuziladigan Korrupsiyani his etish indeksida O‘zbekiston 2016 yilda 156, 2017 yilda 157, 2018 yilda esa 158 o‘rinni egallagan. 2018 yilda reytingning birinchi beshtalikka Daniya, Yangi Zelandiya, Finlyandiya, Singapur va Shvetsiya kiradi. Ushbu reytingda Qozog‘iston - 124, Qirg‘iziston-132, Rossiya-138, Tojikiston-152 va Turkmaniston 161-o‘rinni egalladi. Sobiq SSSR tarkibiga kirgan mamlakatlar ichida Estoniya birinchi yigirmatalikka kirgan. Korrupsiya darajasining pasayib borayotganligiga Estoniyada “elektron hukumat”ning faol joriy qilinayotganligi sabab bo‘lmoqda. AQShda Transparency International ekspertlarining baholashicha, 2018 yilda korrupsiya holati yomonlashdi. Mamlakatda korrupsiya bo‘yicha ball 71 ballgacha pasaydi va 2011 yildan beri birinchi marta top 20-talikdan chiqib ketdi. Bunga sabab qilib AQShda hokimiyatning yuqori pog‘onalarida etik normalarning yomonlashuvi degan vaj ko‘rsatilgan. Korrupsiya bo‘yicha global reytingda Janubiy Sudan, Suriya va Somali oxirgi o‘rinlarni egallagan66.
Global korrupsion chaqriqlar reytingini The Risk Advisory Group (Risk xavflari to‘g‘risida maslahat gruhi) xalqaro tashkilot ham tuzadi. Bu tashkilot “Korrupsion chaqiriqlar-2019” hisobotini e’lon qilgan. Hisobot Korrupsion chaqiriqlar darajasi” («Uroven korrupsionnыx vыzovov»), -“Korrupsiya tahdidi” («Ugroza korrupsii»), - “Korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarga erisha olmaslik” («Nedostupnost informatsii o korrupsii») bo‘limlardan iborat.
“Korrupsion chaqiriqlar darajasi” indeksi Risk Advisoryning yettida mintaqaviy bo‘limlarining ekspertlari tomonidan tuzilgan. Ular har bir mamlakatni 1) xorijiy investorlarning davlat kontraktlari, litsenziyalari yoki ruxsatnomalarini olish jaryonlarida uchragan korrupsion holatlari, 2) mahalliy biznes sub’ektlarining kundalik faoliyati davomida kichik masshtabdagi rasmiy korrupsiya holatlariga duchor bo‘lishlari nuqtai nazardan baholashgan.
“Korrupsion chaqiriqlar darajasi” indeksining uch bo‘limi bo‘yicha Yangi Zelandiya, Avstraliya, Singapur, Birlashgan Qirollik,
66Transparency: в Узбекистане ситуация с коррупцией ухудшается из года в год//https://kun.uz/ru/news/2019/01/29/transparency-v-uzbekistane-situatsiya-s-korrupsiyey-uxudshayetsya-iz-goda-v-god Irlandiya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlar korrupsiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar tarkibiga kiritildi (qarang:5.3.1-jadval).