5.3.1-jadval. Korrupsiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar (2019 yil)67 -
Korrupsion chaqiriqlar darajasi
|
Korrupsiya tahdidi
|
Korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarga erishish
qiyinligi (nedostupnost)
|
Yangi Zelandiya
|
Yangi Zelandiya
|
Yangi Zelandiya
|
Avstraliya
|
Singapur
|
Avstraliya
|
Birlashgan Qirollik
(Buyuk Britaniya)
|
Irlandiya
|
Birlashgan Qirollik
(Buyuk Britaniya)
|
Fransiya
|
Germaniya
|
Fransiya
|
Singapur
|
Daniya
|
Latviya
|
Latviya
|
Islandiya
|
Malayziya
|
Chexiya Respublikasi
|
Norvegiya
|
Chexiya Respublikasi
|
Estoniya
|
Finlyandiya
|
Hindiston
|
Irlandiya
|
Yaponiya
|
Italiya
|
Gonkong
|
Lyuksemburg
|
Singapur
|
Korrupsiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar o‘nligiga rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda Singapur, Hindiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar hamda Chexiya Respublikasi, Latviya va Estoniya kabi sobiq sotsialistik lagerga kirgan respublikalar ham kiritilgan.
Korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar o‘nligiga uch bo‘lim bo‘yicha Turkmaniston, Liviya, Somali, Yemen, Markaziy Afrika Respublikasi, Shimoliy Koreya, Kongo Demokratik Respublikasi, Janubiy Sudan, Suriya, Gvineya-Bisau, Eritreya, Avg‘oniston, Laos va Venesula kabi mamlakatlar kiritilgan (qarang: 5.3.2-jadval).
67 В каких странах Центральной Азии наиболее высокий уровень коррупции?// https:// kun.uz/ru/news/ 2019/04/08/ mvf-strany-s-vysokim-urovnem-korrupsii- sobirayut-menshe-nalogov
5.3.2-jadval.
Korrupsiya darajasi eng yuqori mamlakatlar(2019yil)68
-
Korrupsion chaqiriqlar darajasi
|
Korrupsiya tahdidi
|
Korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarga erishish qiyinligi
(nedostupnost)
|
Turkmaniston
|
Liviya
|
Turkmaniston
|
Liviya
|
Somali
|
Liviya
|
Somali
|
Yemen
|
Somali
|
Yemen
|
Markaziy Afrika Respublikasi
|
Yemen
|
Shimoliy Koreya
|
Kongo Demokratik
Respublikasi
|
Shimoliy Koreya
|
Janubiy Sudan
|
Janubiy Sudan
|
Janubiy Sudan
|
Suriya
|
Suriya
|
Suriya
|
Kongo Demokratik Respublikasi
|
Gvineya-Bisau
|
Kongo Demokratik Respublikasi
|
Eritreya
|
Avg‘oniston
|
Eritreya
|
Laos
|
Venesula
|
Laos
|
Mazkur jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ushgu guruhdagi ko‘pchilik mamlakatlarda turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar tufayli krizis holatlari yuz berayotgan, iqtisodiy holati ancha zaif mamlakatlar hisoblanadi. Shuningdek, bu mamdakatlarda tadbirkorlik va xorijiy investiyalar kiritilishi uchun noqulay muhit mavjuddir.
The Risk Advisory Group (Risk xavflari to‘g‘risida maslahat gruhi) xalqaro tashkiloti e’lon qilgan “Korrupsion chaqiriqlar-2019” hisobotida Markaziy Osiyo mamlakatlarida korrupsiya darajasi o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra uch ko‘rsatkich bo‘yicha Qozog‘iston 50, Qirg‘iziston 52, O‘zbekiston 70, Tojikiston 72 va Turkmaniston
68 В каких странах Центральной Азии наиболее высокий уровень коррупции?// https:// kun.uz/ru/news/ 2019/04/08/ mvf-strany-s-vysokim-urovnem-korrupsii- sobirayut-menshe-nalogov
96 ball to‘plab, global reytingda quyi pog‘onalarni egallaganlar (qarang: 5.3.3-jadval).
5.3.3-jadval. Markaziy Osiyo mamlakatlarida korrupsiya darajasi (2019yil,
ball)69
-
Mamlakatlar
|
Korrupsion chaqiriqlar darajasi
|
Korrupsiya tahdidi
|
Korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarga erishish
qiyinligi
|
jami
|
Qozog‘iston
|
28
|
10
|
12
|
50
|
Qirg‘iziston
|
29
|
10
|
13
|
52
|
O‘zbekiston
|
38
|
12
|
20
|
70
|
Tojikiston
|
39
|
13
|
20
|
72
|
Turkmaniston
|
51
|
14
|
31
|
96
|
Aytish lozimki, 2019 yilning mart oyida O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi Stambul harakat rejasi 20-monitoring uchrashuvida tavsiyalarning bajarilishi bo‘yicha taraqqiyotga erishganligi uchun eng yuqori reytingini olishga muvaffaq bo‘ldi70.
Korrupsiya darajasini o‘lchashga xizmat qiluvchi CPI indeksi turli mamlakatlar amaldorlarining pora olishga moyilligini ifodalasa, tadbirkorlarning pora berishga moyilligini aniqlash uchun Transparency International pora beruvchilar indeks – (Bribe Payers Index – VPI)dan foydalanadi. Bu indeks ham 10 ballik shkala bilan o‘lchanadi. Qanchalik bu ball past bo‘lsa, eksporter kompaniyalar shunchalik pora berishga moyil bo‘ladilar hamda amaldorlarni sotib olishga yuqori darajada intilishlarini ko‘rsatadi. Bu indeks bo‘yicha Shvetsiya korrupsiya darajasi eng past mamlakat hisoblanadi.
69 В каких странах Центральной Азии наиболее высокий уровень коррупции?// https:// kun.uz/ru/news/ 2019/04/08/ mvf-strany-s-vysokim-urovnem-korrupsii- sobirayut-menshe-nalogov
70 В ОЭСР отметили улучшение ситуации с борьбой с коррупцией в Узбекистане
//https://kun.uz/ru/news/2019/03/29/v-oesr-otmetili-uluchsheniye-situatsii-s-borboy-s- korrupsiyey-v-uzbekistane
CPI i BPI indekslaridan tashqari turli mamlakatlarda korrupsiya rivojlanishini taqqoslash uchun jahon korrupsiya barometri (Global Corruption Barometer), iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of Economic Freedom), shaffof emaslik indeksi (Opacity Index) va boshqa indekslardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |