Ilgari ta’kidlanganidek, jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasi neoinstitutsional nazariya bo‘lib, ma’naviy-etik baholashlar va g‘oyaviy og‘ishlardan tubdan voz kechishga tayanadi (umuman, neoklassiklar kabi) Neoinstitutsionalistlar uning kuchi mana shunda, deb hisoblaydilar. Ammo uning ojizligi ham mana shunda bo‘lishi mumkinmi?
Amerika madaniyati uchun hayotning barcha tomonlarini bunday mahalliy monetarizatsiyalash to‘la tabiiy va umumqabul qilinganligi bilan kelishish mumkin. Ammo shu singari yondoshuvlar boshqa madaniy an’analarning vakillari tomonidan o‘zlashtirilishi mumkinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, u holda yangi iqtisodiyot nazariyasi “intellektuallar uchun o‘ziga xos o‘yin”ni yuzaga keltirib, riskka boradi yoki yaxshi vaziyatda faqat Amerika madaniyati uchun shunday immanent hodisa bo‘lib qolishi mumkin, aytaylik, beysbol yoki “siyosiy korrektorlik”.
Agar jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasini madaniylashgan hodisa sifatida o‘rganadigan bo‘lsak, bu yangi nazariyani nafaqat ommaviy, balki hatto ilmiy tafakkurga ham moslashtirish qiyinchiliklaridan dalolat beradigan ko‘pgina holatlar sezilarli bo‘lib qoladi. Xususan, huquqni muhofaza qilish faoliyatiga maqbullashtirish tamoyili qo‘llanishining o‘zi ham ahloqiy noroziliklarni keltirib chiqaradi. “Majburlashsiz maqbullashtirish
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar barcha shakllarining samaradorligini o‘lchash uchun asos bo‘la olmaydi, - mashhur fransuz iqtisodchi-kriminologi Per Kopp shu nuqtai nazarni qo‘llab- quvvatlaydi. - Masalan, natija ko‘pincha binar oppozitsiya – mag‘lubiyat (halokat) yoki g‘alaba (muvaffaqiyat) da ifodalanadigan harbiy sohada aniqlanadigan foydaga nisbatan xarajatlarni tejash mantiqning asosiy tavsifi hisoblanmaydi»167.
Hatto Amerika iqtisodchilari orasida ham ratsionalizm yangi iqtisodiy nazariyasi har doim ham anglab yetilavermaydi. Yetakchi Amerika neoinstitutsionalisti Gordon Tallok yo‘llarda mashinalar harakatining xavfsizligi ustidan nazoratni tashkil qilishni takomillashtirish tadbirlarini muhokama qilish paytida yuzaga kelgan o‘ziga xos vaziyat to‘g‘risida o‘z maqolalaridan birida hikoya qiladi. Yo‘l komissiyasi ishida qatnashuvchi nazariyachi – iqtisodchi fatal avtohalokatlar narxlarini aniqlash va uni harakatlanish tezligi cheklanishlaridan avtomobilchilarning yo‘qotishlari bilan taqqoslash tamal toshi bo‘lishi kerakligini tez anglab yetdi (Mazkur masalalaning keyingi yechimi Fillips-Voti-Eskridjning modelidan kelib chiqadi). Biroq shu kabi masala muhokamaga qo‘yilmadi ham, shu sababli iqtisodchi masalaning bunday qo‘yilishi injenerlarda (ayniqsa, havaskorlik bilan) tushunishni keltirib chiqarmadi va mohir iqtisodchi bu irratsional javobni ma’qulladi. «U o‘limlar soni va o‘z sharoiti o‘rtasidagi nisbatni aniqlashni, ularni yo‘llarni modernizatsiyalash bilan shug‘ullanadigan kishilarga to‘g‘ri tushuntirishni xohlamadi, shu bilan bir qatorda, buni men bilan muhokama qilishni ham xohlamadi», - G.Tallok shunday ajablanish hissi bilan o‘z hamkasblarining javobini yetkazadi168.
Biroq agar o‘ylab ko‘rilsa, bu yerda hech qanday hayron qoladigan narsa yo‘q. Jinoyatlar va jazolar iqtisodiy nazariyasi oxir- oqibat “butun dunyoda, shu jumladan, inson hayotida ham narxlar mavjudligini” aniq e’tirof etishga majbur qiladi. Shunday pul ultraratsionalizmi amalda barcha madaniy an’analarda, diniy va
167Корр P. Les analyses formelles des marches de la drogue // Revue tiers-monde.
1992. Т. XXXIII. No. 131. P. 576.
168Qarang: Tallock G. An Economic Approach to Crime // The Economics of Crime. Cambridge (Mass.), 1980. P. 75.
dunyoviy marosimlarda qo‘llaniladi. Shu sababli bunday fikr- mulohazalardan madaniylashgan falajni nafaqat mutaxassis bo‘lmaganlar, balki intellektual oziqlangan iqtisodchilar ham boshdan kechirmoqdalar.
Va nihoyat, Amerika iqtisodchilari nazariy tavsiyalari va Amerika ma’muriyatining amaliy xatti-harakatlari o‘rtasida sezilarli tafovut ko‘zga tashlanadi. Iqtisodchilar 1960 yillardan boshlab uyushgan jinoyatchilik va narkotiklarni qisman legallashtirishning samaradorligi to‘g‘risida ishonch bilan ta’kidlamoqdalar. Haqiqatan ham, 1980-1990 yillarda FBR “Koza Nostra”ga bosim jiddiy kuchaydi (Jon Gottining ishini eslash yetarli169), Lotin Amerikasi narkokartellari bilan “urush” esa AQSh hukumati siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanmaydi170. Bu nima, yetarli malakali bo‘lmagan ma’muriyatning ommaviy o‘z-o‘ziga ishonishimi? Yoki hatto Amerikada ham fuqarolar huquqiy siyosatning ko‘p darajada iqtisodiyotdan tashqari mezonlar bo‘yicha muvaffaqiyatlari va halokatlari to‘g‘risida fikrlashga moyilmi?
Qo‘yilgan savollarga bir xil javob berish hali mumkin emas. Jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti g‘oyalari rivojlanishining o‘ttiz yili
jamiyatga yangi ilmiy oqim munosabatining aniqlanishi uchun yetarli, jamiyatning bu oqimga munosabati aniqlanishi uchun esa yetarli bo‘lmagan muddatdir. Quyidagini ta’kidlash mumkin: jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti konsepsiyalari “pul” ratsionalligi neoklassik Ekonomiksi uchun an’anaviy doirada uzviy bo‘lib, bu o‘z
169 1992 yilda FBR ishlovchilari 7 yillik kuzatuvlardan keyin sud hukmiga ko‘ra, “Koza Nostra” yirik “oila”laridan biri (“kapo”) ning rahbari Jon Gottining bir umrlik qamoq jazosiga erishishi uddasidan chiqdilar. Amerika tartibot himoyachilarining Italiya-Amerika mafiyasiga qarshi kurashda muvaffaqiyatlarining shu singari natijasi AQSh da oxirgi o‘n yilliklarda boshqa mafiya tashkilotlari, eng avvalo, Lotin Amerikasi mafiya tashkilotlarining sezilarli kuchayishi bo‘ldi.
1701980-yy. ning oxirida huquqni muhofaza qilish organlari va kokain ishlab chiqarishi va savdosini monopollashtirgan Kolumbiya Medelin karteli o‘rtasida haqiqiy urush boshlanib, bu urush davomida narkobaronlar hatto Kolumbiya prezidentligiga nomzodlarni o‘ldirishni ham tashkil qilindi. Hukumat esa kokain plantatsiyalarini o‘qqa tutish uchun samolyotlar eskadrilyasini jo‘natdi. 1990-yy.ning boshlarida Medelinsk narkokartelining barcha rahbarlari yo o‘ldirildi, yoki qamoqqa olindi; biroq kokain biznesidagi yetakchilik boshqa Kolumbiya narkokarteli – Kali karteli qo‘liga o‘tdi, narkotiklar eksporti esa qisqarganiga qaraganda tezroq o‘sdi.
navbatida, protestantlik ahloqi Islohoti davrida vujudga kelgan aks sadolardan biridir. Bugungi kunda uning XXI asrning boshlarida mazkur ratsionallikning yagona bo‘lmagan turi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti g‘oyalari boshqa madaniyatlarga qay darajada moslashgan bo‘lishi mumkinligini keyingi tadqiqotlar ko‘rsatadi.