Uyushgan jinoyatchilik sivilizatsiya kabi eskidir: qaroqchilar floti va to‘dalari tarixning eng birinchi sahifalaridayoq uchraydi. Biroq taxminan bir asr avval vujudga kelgan zamonaviy uyushgan jinoyatchilik industrial davrgacha bo‘lgan jamiyatlar jinoiy tashkilotlaridan tubdan farq qiladi. Zamonaviy turdagi uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelishi – bu jinoyatchilik olami rivojlanishining sifat jihatdan yangi bosqichidir. Zamonaviy turdagi uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelishi – bu jinoyatchilik olami
172Kriminologlar “uyushgan jinoyatchilik” to‘g‘risida sof jinoiy hamda xo‘jalik jinoiy guruhlariga tatbiqan gapirmoqdalar. Xorijiy kriminologiyada bu ikki hodisalar adolatli ravishda ajratiladi: jinoiy – gangster birlashmalarini (“Koza Nostra” xilidagi) “uyushgan jinoyatchilik”, xo‘jalik jinoyachilarini (“Lokxid” firmasi ishida qatnashuvchilar xilidagi) “oq yoqalilar jinoyatchiligi” (white-collar crime), deb ataladi. Uyushgan jinoyatchilikning iqtisodiy tahlili bo‘yicha yanada kompleks ma’lumotlarni quyidagi nashrdan topish mumkin: Economics of Organized Crime. Cambridge Univ. Press, 1995.
rivojlanishining sifat jihatdan yangi bosqichidir. Agar “arxaik” to‘dalar marginallar, jamiyat autsayderlari hisoblansalar, u holda zamonaviy mafiyachilarning faoliyati asosan, qonuniy biznes asosiga quriladi, shuning uchun ham mafiya bozor xo‘jaligining uzviy muassasasi bo‘lib qoldi.
Shu bilan bog‘liq ravishda M.Veber tomonidan yaratilgan bir- biridan tubdan farq qiladigan “yashash istagi” 173 ikki konsepsiyasini eslash maqsadga muvofiq. Ilgari yaratilgan ne’matlarni qayta taqsimlash yo‘li bilan boyish avantyuristik xohishi (shu jumladan, o‘g‘irlik va talonchilik yo‘li bilan) qadimgi zamonlardan buyon turli jamiyatlarda kuzatiladi. Ammo faqat kapitalistik tuzum sharoitidagina boylikka iste’mol ne’matlarini ishlab chiqarish ratsional faoliyatining qonuniy natijasi sifatidagi munosabat shakllanadi. “Boylik orttirishga tashnalik” ikki turi mavjud ekan, uyushgan jinoyatchilikning ham ikki turi – an’anaviy va zamonaviy turlari amal qiladi.