Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə95/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Mafiya jamoa sifatida


Mafiya ichki tashkiloti yuqorida ta’kidlanganidek, oddiy firma bilan sezilarli belgilarga (mehnat taqsimoti, iyerarxiklik) ega. Legal firma bozor munosabatlarining ishtirokchisi bo‘lib, o‘z ichki tarkibi bo‘yicha miniatyurali buyruqbozlik iqtisodiyoti hisoblanadi; shu singari jinoiy tashkilot ham boshqa tashkilotlar bilan raqobatlashadi, biroq uning ichkarisida raqobat unsurlari ongli ravishda to‘ldiriladi. Ammo mafiya oilalarida oddiy firmalarda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan belgilar ham mavjud: mafiyaning doiraviy qo‘li xizmat ko‘rsatadigan korporatsiyalar oddiy loyalligidan ancha ustun bo‘ladi. Masalan, “jamiyat” uchun voz kechishga tayyorlik (masalan, hatto og‘ir jazolanish xavf solib turgan vaziyatda ham politsiya bilan hamkorlikni rad qilish) jinoiy hamkorliklar a’zolari xulq-atvorining me’yori hisoblanadi, buni legal firma xodimidan kutish qiyin bo‘lar edi.


184 Eng yuqori monopollashgan kriminal soha kokain biznesi hisoblandi. Chunki koka barglari faqat “And uchburchagi” da o‘sadi (Peru, Boliviya, Kolumbiya). Biroq bu yerda ham mutloq monopoliya emas, balki qat’iy oligopoliya kuzatiladi: 1980-yy.da Medelinsk narkokarteli kokain eksportining taxminan 80% ini, Kali narkokarteli 20% ini ta’minladi; 1990 yy. da esa aksincha, Kali – 80%, Medelinsk karteli qoldiqlari - 10-20%.
Birinchi me’yor «o‘yin konstitutsiyasi» o‘zaro hamkorlik maqsadlarini aniqlashga taalluqli, uni sha’n me’yori sifatida ifodalash mumkin. Mafiyaning avjiga chiqqan klassik davri (1890-1970 yillar)da Italiya janubi aholisining asosiy maqsadi o‘zining foydaliligini oshirishdan emas, balki o‘z sha’nini va o‘z oilasining sha’nini saqlab qolishdan iborat bo‘lgan. Hatto o‘zini mafiya deb hisoblagan insonning o‘zini nomlashi – «sha’n odami» - uning faoliyati maqsadining an’anaviy xususiyatini tasdiqlagan. Kelishuvlar nazariyasi atamasidan foydalangan holda, sha’n me’yorini an’anaviy kelishuv jumlasiga kiritish mumkin, chunki gap oilaning sha’ni va obro‘si haqida, birinchi galda, er-xotinning sha’ni haqida ketayapti. Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi muvaffaqiyat ham mustaqil qadr-qimmat emas, balki sha’n belgisi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Sha’nni himoya qilish va tasdiqlashning asosiy vositasi – «hasad raqobatchiligi», erkaklar ega bo‘lgan zulm o‘tkazish salohiyatini doimiy ravishda taqqoslash (ta’kidlash lozimki, mafiyaning madaniy sohasi – «machizm», ya’ni erkakka sig‘inish)dir. Xufyona tadbirkor zarur hollarda zulm qo‘llanilishi bilan to‘xtab qolmaydi, oshkora tadbirkor esa zulm o‘tkazish uchun davlat monopoliyasi oqibatida erkinlikning ushbu darajasidan mahrum etilgan. Shuning uchun mafiya bilan bog‘liq korxonalarning raqobat jihatdan ustunliklari raqobat natijasida emas, balki yakka (alohida) monopoliyani hosil qilish va raqobatni cheklash natijasida yuzaga keladi185.
Navbatdagi me’yor – ishonch – an’anaviy xususiyatga ega, chunki u oila doirasida lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch bo‘lmasa, uning boshlig‘ining sha’ni tushunchasi o‘z kuchini yo‘qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an’anaviy tarzda oila turmushining bazaviy tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor konstitutsiyasida ko‘zda tutilganidek, oqilona harakatning sharti bo‘lishi mumkin emas. Mafiyaning bazaviy tashkiliy birligi – sossa – 15-20 (ko‘pi bilan 70-


185 Qarang: Беркинов Б.Б. Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. Беркинов; ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тош. Давлат иқтисодиёт ун- ти, Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. – 71-бет.
80, kamida 7) kishidan iborat va oila-qarindoshchilik aloqalari asosida shakllanadigan guruhni o‘zida namoyon etadi. Sossa faoliyati doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a’zolari bilan do‘stona munosabatlar orqali bir-biriga bog‘liq.
Mafiya bilan bog‘liq tadbirkorlarning raqobat jihatdan yana bir ustunligi bo‘lib ishonch asosida shartnoma munosabatlarini qurish hisoblanadi – mafiya shartnoma majburiyatlari bajarilishining eng yaxshi kafolati hisoblanadi. Shuningdek, ishonch yuqori bo‘lmagan sharoitda amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan istalgan xufyona bitimlarga va taqiqlangan tovarlar (qurol, giyohvandlik moddalari) bilan istalgan bitimlarga ham e’tibor qaratiladi. Tovar sifatida ishonchning o‘ziga xos jihatini hisobga olgan holda, mafiya uni sotishni g‘ayrioddiy usul bilan – oila-qarindoshchilik, do‘stona yoki mijozlik aloqalari sohasiga manfaatdor tadbirkorni aralashtirish orqali amalga oshiradi.
Bitimlar bo‘yicha hamkorlarni «o‘ziniki» va «begona» toifasiga bo‘lish prinsipial jihatdan muhim, bu yerda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat haqida boradi. «O‘ziniki» doirasida sha’n va obro‘ga birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali erishiladi va himoya qilinadi, munosabatlar ishonch asosida quriladi. «O‘ziniki» va «begona» o‘rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo‘lishi muqarrar, ishonch esa dushmanlik va zulmga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Xatti-harakatning ikki yoqlama standarti mantig‘iga yana bir muhim me’yor – maxfiylik kiritiladi. Ushbu me’yor tashqi olam bilan, ayniqsa, davlat vakillari bilan munosabatlarda to‘liq yopiqlikni belgilab beradi, uning teskari tomoni sifatida to‘liq ochiqlik va oila a’zolaridan faqat haqiqatni gapirishni talab qilish ishtirok etadi186.
Jinoiy tashkilot monolitligini izohlashda odatda “omert” (jim turish qonuni) ning buzilishi o‘lim bilan (ko‘pincha nafaqat qonunbuzarning o‘zi, balki uning oila a’zolarining) jazolanishi to‘g‘risida gapiriladi. Biroq shafqatsiz jazolanishdan qo‘rqish – nafaqat yagona, balki gangsterlarni tekislashning asosiy sharti


186 Qarang:Беркинов Б.Б. Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. Беркинов; ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тош. Давлат иқтисодиёт ун- ти, Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. – 72-бет.
bo‘lishi ham mumkin. Nemis sotsiologi L.Paolining ta’’kidlashicha, eng avvalo, “og‘achilik” bitimidan kelib chiqadigan “ritual tug‘ilish” munosabatlari mafiya birlashmalarining asosi sifatida chiqib, uni aloqalarni hozirdan uzibgina qolmay, balki jinoiy guruh manfaatlari uchun zaruriyat tug‘ilganda, hatto o‘z jonidan kechishga ham majbur bo‘lishini anglatadi. Bu guruh ichida mukofotlar kutmagan holda arxaik jamoalardagi munosabatlar turiga ko‘ra, alturistik o‘zaro munosabatlar hukmronligini ko‘zda tutadi. Hatto firmaga yollashni emas, balki yangi a’zolarni qabul qilish dalolatnomasining o‘zi ko‘pincha ibtidoiy jamoalarda initsiatsion an’analarni eslatuvchi ritual bo‘lib qoladi187. Mafiyaning kichik a’zolari kattalarning farmoyishlarini bajarishdan voz kechish huquqiga ega emas. Fiktiv tug‘ilish munosabatlari kriminal tashkilotlarga ekstraordinar mustahkamlik berib, uni tadbirkorlik firmalaridan topish mumkin emas.
Albatta, “mafiya birodarligi”, eng avvalo, to va ilk industrial jamiyatlardayoq vujudga kelgan “eski” jinoiy tashkilotlar (triadalar, yakudza, Sitsiliya mafiyasi) uchun xosdir. Jamoaviy kollektivizm ruhi oqibatida shaxsiy foydaga odatdagi intilish bilan almashtirgan holda ham ketma-ket ucha boshladi. Biroq “mafiya birodarligi” jinoiy tashkilotlarni yo‘q qilish tartibi qo‘rquvi kuchlariga samarali qarshilik ko‘rsatish bo‘lib xizmat qilar ekan, jamoaviy mentallik qonunlarga rioya qiluvchi fuqarolar oddiy olamiga qaraganda, ularda yanada mustahkamroq saqlanib qoladi.
Shunday qilib, jinoiy tashkilotlarni nafaqat kriminal firmalar, yashirin hukumat deb, balki jamoaviy turdagi jinoiy og‘aynichilik, deb ham hisoblash lozim. Hozirgi zamon dunyosida mafiya tashkilotlarining asosiy “shaxsi” firma “shaxsi” bo‘lib, yashirin hukumatlar vazifalari esa jinoiy hamdir (og‘aynichilik keyingi o‘ringa o‘tadi, ammo yo‘qolib ketmaydi).




187 Masalan, Sitsiliya mafiyasiga “yangi olingan” kishi tajribali “kishi sha’ni” salomlashish so‘zidan keyin budga o‘z qonini surtadi va “Agar men qasamimni buzsam, bu muqaddas timsol kuyganidek, mening avlodim ham kuyib ketsin” degan ritual qasamni takrorlagan holda qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazgan holda uni yoqadi. (Кальви Ф. Повседневная жизнь итальянской мафии. М., 2000. С. 44-45).

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin