Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə96/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Nazorat savollari


  1. Uyushgan jinoyatchilik deganda nimani tushunasiz?

  2. Uyushgan jinoyatchilikning umumiy iqtisodiy nazariyasining mazmunini tushuntirib bering.

  3. Uyushgan jinoyatchilikning an’anaviy shaklining qanday xususiyatlarga ega?

  4. Zamonaviy uyushgan jinoyatchilikning xususiyatlari qanday?

  5. Mafiya deganda nimani tushunasiz?

  6. Mafiya firma sifatida qanday mazmun va xususiyatlarga ega?

  7. Mafiya xufyona hukumat sifatida qanday vazifalarni bajaradi?

  8. Mafiya jamoa sifatida qanday mazmunga ega?

  9. Mafiya faoliyatining asosiy me’yorlarini izohlab bering.

  10. Mafiya bozor munosabatlarining ishtirokchisi sifatida qanday rol o‘ynaydi?

X BOB. JAHON JINOIY XO‘JALIGI


    1. Jahon xo‘jaligining jinoiy “egizagi”
    2. Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy global muammolar


    3. Narkobiznes iqtisodiyoti va uning xususiyati
    4. Terrorizm iqtisodiy nazariyasi


    5. Jahon mamlakatlari rivojlanishining jinoiy global muammolari



    1. Jahon xo‘jaligining jinoiy “egizagi”


Zamonaviy jahon xo‘jaligida deyarli hech bir mamlakat boshqa mamlakatlardan alohida rivojlana olmaydi. Har bir mamlakatning iqtisodiyoti jahon xo‘jaligining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Jahon xo‘jaligi, keng ma’noda, dunyodagi barcha milliy iqtisodiyotlarning murakkab jamlanmasi hisoblanib, unda murakkab sinergetik samaralar yuzaga keladi. Global iqtisodiy munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lib faqatgina alohida fuqarolar, firmalar va hukumatlar emas, balki mamlakatlar ittifoqi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ham namoyon bo‘lishmoqda.
Milliy iqtisodiyotlarning jahon xo‘jaligida sekin-asta integratsiyalashuvi har bir mamlakat faravonligi nafaqat o‘z fuqarolarining iqtisodiy faoliyatidan, balki dunyoning boshqa chekkasidagi hodisalarga bog‘liqligiga olib keladi.
Iqtisodiy globallashuv u yoki bu darajada barcha mamlakatlar va xalqlarga tegishli bo‘ladigan, hamda jahon hamjamiyatining birgalikdagi harakatlari bilan hal etiladigan global muammolarni yuzaga keltiradi. Undan tashqari dunyo sivilizatsiyasining mavjudligi va uning rivoji ushbu muammolarni yechish bilan bog‘liqdir. 1970- yillarda global muammolarni o‘rganish endi boshlangan davrda eng muhim muammolar sifatida ekologik xususiyatga ega muammolar hisoblanar edi. Hozirgi kunda bu muammolar qatoriga ijtimoiy xususiyatga ega muammolar qo‘shilmoqda – qurolsizlanish uchun kurash, “boy Shimol” va “kambag‘al Janub” o‘rtasidagi qarama- qarshiliklar, yangi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va boshqalar.
Ijtimoiy global muammolar orasida jinoiy globalashuv188 muammosi katta mojaroga sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, jahon xo‘jaligi rivojiga sivilizatsiyalashgan jamiyatda qabul qilingan “o‘yin qoidalari”ga rioya qilmaydigan destruktiv kuchlarning ta’siri kuchayib bormoqda. Jinoiy globalashuv muammosi faqatgina transmilliy uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terroristik tashkilotlarga tegishli emas. U yana jinoyatchilar uslubidan foydalanib, global miqyosda noqonuniy xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qonuniy firmalar va qonuniy hukumatlar faoliyatlari bilan bog‘liqdir.
Jinoiy globallashuv jahon xo‘jaligini ikkiga ajralishiga olib kelmoqda: bir tomoni – qonuniy, “oshkor” jarayonlar; ikkinchi tomoni – noqonuniy, yashirin jarayonlar. Qonuniy jahon xo‘jaligining deyarli barcha tarkibiy qismlari noqonuniy “egizak”ka ega bo‘lmoqda (10.1.1-jadval).

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin