Axborot resurslarining qonuniy harakati (nou-xau, patentlar)
Iqtisodiy shpionaj, savdo
«qaroqchiligi»
188“Jinoiy globallashuv” tushunchasi yaqin vaqtlardan boshlab ishlatila boshlandi. Qarang: ЖилинЮ.Глобализация в контексте развития современной цивилизации
// Свободная мысль - XXI. 2002. № 4. С. 33.
Turli transmilliy jinoiy faoliyatlarning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlash kerak. Masalan, kolumbiyalik narkokartellar faqatgina kokain189 va geroin190 sotuvchilari sifatida emas, balki noqonuniy qurol sotib oluvchilar va pullarni yirik “poklab oluvchilar” hisoblanishadi. Xulosa qilish mumkinki, jinoiy globallashuv jarayonida qudratli jahon jinoiy xo‘jaligi – o‘zaro bog‘liq transmilliy jinoiy faoliyat turlari tizimi vujudga keladi.
Jahon xo‘jaligining deyarli barcha institutlari yashirin xo‘jalik “egizaklar”iga ega. Masalan, agar qonuniy jahon xo‘jaligining asosiy sub’ekti bo‘lib transmilliy korporatsiyalar va mamlakat hukumatlari hisoblansa, ularning noqonuniy biznes dunyosidagi analogi bo‘lib, kelib chiqishi milliy, lekin faoliyat miqyosi bo‘yicha transmilliy xalqaro jinoiy guruhlar (italiya mafiyasi, kolumbiya narkokartellari, xitoy triadalari va boshq.) hisoblanadi. Agar qonuniy iqtisodiyotda internatsiyalashuv hududiy bloklarni (G‘arbiy Yevropada YeI, Shimoliy Amerikada NAFTA) shakllanishiga olib kelsa, noqonuniy iqtisodiyotda esa milliy jinoiy guruhlarni kooperatsiyasi natijasi Janubi-Sharqiy Osiyodagi “Oltin uchburchak” yoki Lotin Amerikasidagi “And uchburchagi” kabi uyushmalar vujudga keladi(qarang: 10.1.2-jadval).