Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-qurilishi instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti shaxarsozlik va kommunal infratzulmani boshqarish kafedrasi


Obnoskalarni tuzilishi, o’qlarni mahkamlash



Yüklə 230,28 Kb.
səhifə19/47
tarix19.12.2023
ölçüsü230,28 Kb.
#187113
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi-fayllar.org

Obnoskalarni tuzilishi, o’qlarni mahkamlash (4.1-rasm). Qurilish obnoskasi
bino o’qlarini rejalashtirish , kotlovan konturlarini aniqlash va ularni joyida
mahkamlash uchun xizmat qiladi. U bino perimetri bo’ylab uzluksiz va uzlukli bo’lishi
mumkin. Uzlukli obnoska obhektdagi qurilish mashinalari va transport vositalari



26
harakatini qiyinlashtirmaganligi uchun ma’qulroqdir.


4.1-rasm. Obnoskalarni tuzilishi va o’qlarni mahkamlash:
a – kotlovanni planlashtirish sxemasi; b – obnoska elementlari;
1 – yg’och elementlardan obnoska; 2 – shtir-o’qni mahalliy joyga biriktirilgan
nazorat belgisi; 3 – kesilgan taxta; 4 – mix o’qni obnoskada mahkamlash (qotirish)
uchun; 5 – obnoska ustuni
Obnoska geodezik instrumentlar yordamida binoni tashqi konturini hosil
qiluvchi asosiy o’qlarga parallel holda va qurilish jaraynida ularni o’zgarmasligini
tahminlovchi masofada o’rnatiladi.
Obnoska bir-biridan 3 m masofada gruntga qoqilgan ustunlar karkasidan
iborat. Tashqi tarafdan kamida uchta ustunga qalinligi 40...50 mm kesilgan taxtalar
qoqiladi. Hamma taxtalarni yuqori qirralari nivelir yordamida nazorat qilinib gorizontal
joylashtiriladi. Obnoskani ma’qul balandligi 0.5...1.2 m. Konstruktiv jihatdan obnoska
yg’ochdan yki metalldan bo’lishi mumkin. Metall obnoskani afzallik tomoni ishda
qo’layligi, yengil demontaj qilinishi va ko’p marta foydalanish mumkinligi.
Kotlovan chetidan obnoskagacha bo’lgan masofa 3...4 m dan kam bo’lmasligi
kerak. Bu masofa shunday hisob bilan tekshiriladikim , kotlovan qazilishida obnoska
ustivorligi bo’zilmasin. Obnoska bo’lajak binoni uni tomonlariga paralel ravishda o’rab
oladi, unda odamlar va transport o’tishi uchun o’zilishlar hosil qilinadi.
Rejalashtirish chizmalaridan hamma mahlumotlar obnoskaga ko’chiriladi,
xususan binoni asosiy o’qlari ko’chirilib mixlar bilan mahkamlanadi, bo’ylama va
ko’ndalang o’qlar tarang tortilgan sim yki arqon ip yordamida mixlarga mahkamlanadi.
Devorlar o’qidan bulajak kotlovanni chetlari chiqarilib ular xam mixlar yordamida
obnoskalarda belgilanadi. CHetlarni o’zi ham simlar yordamida ―natura‖
holatiga ko’chiriladi.
Bo’ylama va ko’ndalang o’qlari simlarining kesishuv o’rni binoning asosiy
o’qlari kesishuvini aniqlaydi va ular shoqul yordamida tekshiriladi, hamda ular oldin
geodezik instrumentlar yordamida aniqlangan va yerda mahkamlangan no’qtalar bilan
mos kelishi kerak.
Binoning asosiy o’qlari mahkamlangan obnoskalardan mahlum masofada har
ehtimolga qarshi ularni buzilishini ehtiborga olgan holda
o’q chiziqlarini
mahkamlovchi nazorat belgilari − shtirlar o’rnatiladi.Odatda bular gruntga obnoskadan
5...10 m masofada qoqilgan va yer sathidan 2...6 sm masofada chiqib turuvchi armatura
sterjenlardir.
CHiziqli-cho’ziqli inshootlarning gorizontal uchastkalarda har 50 m da,
qayriladigan uchastkalarda har 20 m da faqat ko’ndalang obnoskalar o’rnatiladi.



27
Obnoskalar qurilaetgan binoning yer osti qismini barpo etgunga qadar buzilmay


saqlanadi, keyin bevosita binoni o’ziga ko’chiriladi. Hozirgi davrda lazer geodezik
priborlar paydo bo’lganligi munosabati bilan obnoskalardan kam foydalanilayapti,
o’qlar qurilish maydonining vaqtinchalik bino va inshootlarida ( inventarg’ xonalar,
devor va boshqalar) aks ettirilayapti.

Yüklə 230,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin