Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə18/43
tarix20.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#145619
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
2iqtisodiy xavfsizlik

9-mavzu. Iqtisodiyotning real sektorida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi Real sektor tarmoqlari mamlakat iqtisodiyotning eng muhim segmenti bo’lib hisoblanadi. Ushbu sektor tarkibiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va transport
kabi tarmoqlar kiritiladi.
Iqtisodiyotning real sektorida xavfsizlikni ta’minlash mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. CHunki barqarorlik va taraqqiyot aynan real ishlab chiqarish, samarali faoliyatni ta’minlash, aholi bandligi, uning ehtiyojlarini to’liq qondirish bilan bevosita bog’liqdir.
Iqtisodiyot real sektorining iqtisodiy xavfsizligi energetika, oziq-ovqat va axborot sohalarida xavfsizlikni ta’minlash bilan bevosita bog’liqdir.
Real sektorining eng yirik, yetakchi tarmoqi – sanoat tarmog’i hisoblanadi. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko’pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yer osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o’simlik va hayvon xomashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar.

Ilmiy-tеxnika sohasidagi xavfsizlik

Invеstitsiyalar sohasidagi xavfsizlik

Tarkibiy siyosat sohasidagi xavfsizlik

Iqtisodiyot sub'yеktlarining jahon bozorlaridagi xavfsizligi



Rеal sеktor xavfsizligining funksional – tarmoq sohalari






  1. Xavfsizlikning tеxnogеn jihatlari

    Xorijlik hamkorlar bilan ishlab chiqarish sohasida mulkiy
    munosabatlar borasidagi xavfsizlik
    rasm. Iqtisodiyot real sektorining iqtisodiy xavfsizligi 36


Sanoat tarmo’gi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog’liq. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. SHu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo’ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi. Sanoat tarmog’ining rivoji tufayli unda band bo’lgan xodimlarning soni ko’payadi, ularning bilimi va mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko’tariladi.
Faqat yirik mashina industriyasigina fan va texnika hamda innovatsiyaning barcha yutuqlarini mujassamlashtirib, mehnatni texnika bilan qurollantirishi va unumdorligini yuqori darajaga ko’tara oladi.
Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bo’lgan og’ir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika vositalarini o’zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda jamiyat a’zolari o’rtasidagi ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirib ham boradi.
Sanoat uchun fan-texnikaning uzluksiz taraqqiyoti va ishlab chiqarishning yutuqlari bilan qurollanishi darajasining o’sishi xarakterlidir. Unda elektrlashtirish, kompyuterlashtirish va kimyolashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish texnik va texnologik jihatdan qayta qurish sohasidagi ilg’or yutuqlardan keng foydalaniladi.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning bosh tarmog’i, iqtisodiyotning poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir bo’lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan-bir moddiy negizi bo’lishi mumkin.
Mamlakat aholisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli beqiyos. O’zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sanoat ishlab chiqarishida band.





36 Экономическая безопасность России. Учебник. / Под общ. ред. акад. В.К. Сенчагова. 2005, с.108
Tarmoqning yanada jadal rivoji sanoat kadrlari soni va ularning jamiyatdagi mavqei yanada oshishiga olib keladi.
Respublika qishloq xo’jaligi iqtisodiyot real sektorining eng muhim va yirik, mexanizatsiyalashgan tarmog’i bo’lib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining xom ashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Qishloq xo’jaligi o’simlik va hayvonot mahsulotlarining dastlabki yoki to’liq qayta ishlashning turli jarayonlarini o’z ichiga oladi va xalqning moddiy farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Respublika qishloq xo’jaligida paxtachilik va g’allachilik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Ayni paytda sholikorlik, kanopchilik, mevachilik, tokchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalari, chorvachilikning qoramolchilik, qo’ychilik, xususan, qorako’lchilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik, pillachilik sohalari ham asosiy tarmoqlarga kiradi. O’zbekiston jahonda yalpi paxta yetishtirish bo’yicha 5-o’rinda, paxta tolasi eksporti bo’yicha 2-o’rinda (AQSHdan keyin) turadi. Respublikada meva, uzum va sabzavotning yuqori sifatli navlari yetishtiriladi, shuningdek, yetishtiriladigan meva, uzum, sabzavot, poliz mahsulotlarining talay qismi qo’shni davlatlarga chiqariladi. O’zbekiston o’zining sifatli pillasi va qorako’li bilan ham dunyoga mashhur.
Transport va aloqa tizimi iqtisodiyot real sektorining muhim tarmog’i bo’lib
hisoblanadi. Transport tarmog’i sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonining davomini ta’minlovchi tarmoq sifatida O’zbekistonda ishlab chiqarish infrastrukturasini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Ayni shu ishlab chiqarish infrastrukturasi, o’z navbatida, «transport va aloqa mollarimiz va xizmatlarimizning tashqi bozorga chiqishini ta’minlaydi, ularning raqobatbardoshliligiga ta’sir qiladi
…»37.
Transport tarmoqi iqtisodiy aloqalarni ta’minlab, iqtisodiyotni rivojlanishi uchun xizmat qiladi.
Transport moddiy, inson va moliyaviy resurslarni safarbar etish bilan iqtisodiy
o’sishni ta’minlaydi. YUklar va yo’lovchilarni tashish jarayonini takomillashtirish – korxonalar xarajatlarini pasaytirish, savdo imkoniyatlarini oshirish, bozorlar integratsiyasini chuqurlashtirish, raqobatni kuchaytirish, ijtimoiy aloqalarni kengaytirish va oxir-oqibatda jamiyat farovonligini oshirishning muhim omili bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo’lovchilar tashuvchi transportning barcha turlari – temir yo’l, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten) daryo, truboprovod transporti, shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transport – temir yo’l, avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti rivoj topgan.
3-jadval

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin