Manba: Uzbekistan v tsifrax. 2001.-Tashkent, 2002 s.34; Uzbekistan v tsifrax. 2008.- Tashkent, 2009. s.49; Uzbekistan v tsifrax. 2010.-Tashkent,2011. s.48;
Ishsizlarni ishga joylashtirish ko’rsatkichlari, uning darajasi mehnat bozorining eng asosiy ko’rsatkichlaridan bo’lib hisoblanadi. Keyingi yillarda mehnat organlariga ish izlab murojaat qilgan fuqarolarning ishga joylashish ko’rsatkichlarining oshish tendensiyasi ko’zga tashlanmoqda. Masalan, 2000-yilda ushbu ko’rsatkich 66,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010-yilda 87,7 foizga teng bo’ldi.
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlarning ishsizlik sabablariga ko’ra taqsimlanishini tahlili shuni ko’rsatadiki, ularning katta qismini asosan, o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shaganlarlar tashkil etadi (8 – jadval). Tahlil qilinayotgan yillarda rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlar orasida ularning salmog’i kamaygan. Ushbu yillar davomida ishdan bo’shatilganlar salmog’i ham deyarli ikki barobarga kamaygan. Ayni paytda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari bitiruvchilari ulushi deyarli ikki barobarga ko’paygan.
jadval