Banklarga qo’yilgan pullar, sotib olingan qimmatli
qog’ozlar va valyutalar
Naqd pul qoldig’i
2005
100
73,1
7,7
17,2
2,0
2007
100
73,5
6,6
18,0
1,9
2009
100
72,2
7,4
17,6
2,8
Manba:O’zbekiston iqtisodiyoti //` Axborot va tahliliy sharh. 2005 yil «O’zbekiston» –T.: 2006, 94-b.; O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari
43 Karimov I.A. O’zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. /` Xalq so’zi, 2007, 31-avgust
Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik respublika uchun eng dolzarb bo’lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirishni hal etishda o’ziga xos lokomotiv vazifasini bajarmoqda. Ushbu soha bugungi kunda mamlakatimizda eng yirik mehnat bozori, mulkdorlarning o’rta sinfini shakllantirishning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad va farovonlik manbaiga aylanib bormoqda.
O’zbekistonda aholi turmush darajasini oshirishdek yuksak maqsadga erishish uchun xizmat ko’rsatish va servis tarmoqlarini, aloqa va transport, moliya-bank xizmatlari, kommunal xizmat hamda asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatini talab etadigan boshqa infratuzilma sohalarini ham jadal rivojlantirish muhim vazifalar qatorida belgilanmoqda.