Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə23/43
tarix20.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#145619
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
2iqtisodiy xavfsizlik

Qisqacha xulosalar


Aholi turmush darajasi milliy va shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikning eng asosiy ijtimoiy indikatorlaridan bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham respublikaning mustaqil taraqqiyoti davrida aholini turmush darajasini oshirish borasida islohotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi. Mamlakatni va jamiyatni isloh qilishning eng murakkab o’tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat olib borilganligi va aholini himoya qilishning o’xshashi bo’lmagan, samarali mexanizmini ishlab chiqilganligi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamladi va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qildi.
Mustaqillik yillarida respublikada aholi turmush darajasini oshirish bo’yicha olib borilgan siyosat to’la-to’kis o’zini oqladi. Bunday siyosat o’rtacha umr ko’rish darajasini uzayishi, aholi daromadlarini oshishi, turmush darajasini ko’tarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy barqarorlikka erishish, turli tahdidlarni oldini olish va oxir-oqibatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun zamin yaratdi.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi bu insonning muhim hayotiy manfaatlarining himoyalanishi uchun shart-sharoitlarning kafolatlangandagi, ijtimoiy taraqqiyot hamda inson va jamiyat himoyasi tizimi ta’minlangandagi holatdir.


Nazorat savollari


  1. Mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilgan ijtimoiy siyosatning mazmuni nimadan iborat bo’ldi?

  2. Aholi turmush darajasi qanday ko’rsatkichlar yordamida ifodalanadi?

  3. Respublikada aholi turmush darajasini oshirish qaysi yo’nalishlarda olib borildi?

  4. Mustaqillik yillarida aholi turmush darajasida qanday o’zgarishlar amalga oshdi?

  5. Aholi turmush darajasidagi o’zgarishlar ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda qanday rol o’ynadi?

  6. Insonning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligi hamda ularning o’zaro bog’liqligi nimalarda namoyon bo’ladi?

  7. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ijtimoiy xavfsizlikka qanday ta’sir ko’rsatdi?

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin