Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə24/43
tarix20.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#145619
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
2iqtisodiy xavfsizlik

Asosiy adabiyotlar


    1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni barataf etishning yo’llari va choralari. T.: “O’zbekiston” , 2009

    2. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. - T.: O’zbekiston, 1995

    3. Abduraxmonov Q.X. Imomov V. O’zbekistonda mehnat potensialidan samarali foydalanish va uni boshqarish. - Toshkent. 2008. 146 b.

    4. G’oyibnazarov B.K. Aholi turmush darajasini statistik baholash. Toshkent,

«Fan», 2005, 8 - b

    1. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya bezopasnost: Uchebnik dlya vuzov. – SPb. Piter 2007.

    2. O’zbekiston iqtisodiyoti GG Axborot va tahliliy sharh. 2010 yil

«O’zbekiston» –T.: 2011, 102 - b.;
    1. mavzu. Ishsizlik iqtisodiy xavfsizlikning ijtimoiy indikatori


sifatida
Iqtisodiy xavfsizlik tizimida insonning, shaxsning iqtisodiy xavfsizligi masalasi alohida o’rin egallaydi. CHunki taraqqiyotning keyingi bosqichlarida qarorlar qabul qilish jarayonlariga jamiyatning ta’siri oshib bormoqda, ya’ni inson omili ta’siri kuchayib bormoqda. Hozirgi davrda insoniy rivojlanish va hayot sifati davlat boshqaruvi samaradorligining mezoniga aylanib qoldi. Bunday holat insonning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligi o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligini ko’rsatadi.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi – bu insonning muhim hayotiy manfaatlarining himoyalanishi uchun shart-sharoitlarning kafolatlangandagi, ijtimoiy taraqqiyot hamda inson va jamiyat himoyasi tizimi ta’minlangandagi holatdir.
Inson shaxsining iqtisodiy xavfsizligi milliy iqtisodiy xavfsizlik, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda inson iqtisodiy xavfsizligining huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, respublika qonunlari va turli qonuniy hujjatlari tashkil etadi.
Alohida fuqarolar va jamiyat inson iqtisodiy xavfsizligining ob’yekti bo’lib hisoblanadi.
Ish o’rinlari, ijtimoiy ta’minot tizimi, moddiy ishlab chiqarish inson iqtisodiy xavfsizligining sub’ekti bo’lib hisoblanadi.
Quyidagilar insonning iqtisodiy xavfsizligi sohasida davlat faoliyatining predmeti bo’lib hisoblanadi:

  • insonning iqtisodiy xavfsizligi tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillarni tahlil va sintez qilish;

  • ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni takomillashtirish uchun xizmat qiladigan iqtisodiy siyosat va institutsional o’zgarishlarni amalga oshirish.

Insonning iqtisodiy xavfsizligi borasidagi davlat strategiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • ichki va tashqi tahdidlarni tavsiflash;

  • insonning iqtisodiy xavfsizligi shart-sharoitlariga muvofiq keladigan mezon va iqtisodiyotning holati;

  • iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy choralar asosida insonning muhim manfaatlarini himoyalash;

  • insonning iqtisodiy xavfsizligi borasidagi davlat strategiyasini bajarilishini nazorat qilish.

Insonning iqtisodiy xavfsizligi fuqarolarning hayot faoliyatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishni ko’zda tutadi:

    • oziq-ovqat bilan ta’minlash;

    • ish bilan bandlikni ta’minlash;

    • ta’lim olish uchun sharoit yaratish;

    • axborot bilan ta’minlash;

    • tibbiy xizmat ko’rsatish;

    • pensiya ta’minoti;

    • shaxsiy jamg’armalarini himoyalash;

    • uy-joy kommunal xizmatlari ko’rsatish;

    • ekologik xavfsizlikni ta’minlash.

Insonning iqtisodiy xavfsizligi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan bog’liq bo’lib, ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo’lgan daromad darajasini ta’minlashni ko’zda tutadi.
Insonning ijtimoiy xavfsizligi mamlakat iqtisodiyoti, shu jumladan sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini individning yetarli hajmda va sifatli ne’matlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beradigan darajada taraqqiyotga erishishni bildiradi.
Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kelib chiqishining bosh sabablaridan biri ishsizlik bo’lib, u iqtisodiy xavfsizlikning eng muhim indikatori sifatida alohida e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan muammolar qatorida turadi. Ishsizlik mamlakatda mavjud tabiiy, mehnat, moddiy, iqtisodiy va moliyaviy resurslardan samarali hamda yetarlicha foydalanmaslik holatini anglatadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda ishchi kuchining ish joyi bilan ta’minlanmaganligi, natijada uning biror-bir qonuniy daromad manbaiga ega bo’lmasligining muayyan holati tushuniladi. Boshqacha aytganda, ishsizlik – ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta’minlanmagan qismi44. Ishchi kuchi taklifining unga bo’lgan talabdan oshib ketishi natijasida ishsizlik vujudga keladi.
Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi
majmuasidan ishlab chiqarish omili sifatida to’la foydalanmaganlikdir. SHu ma’noda, ishsizlik ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlariga yoki foydalanilmayotgan tabiiy va moddiy resurslarga teng, ammo ishlab chiqarishning boshqa omillari ortiqchaligidan farq qilib, “ortiqcha” ishchi kuchi bozori iqtisodiyotidagi doimiy voqelikdir45.



44 Abduraxmonov Q.X. Imomov V. O’zbеkistonda mеhnat potеntsialidan samarali foydalanish va uni boshqarish. - Toshkеnt. 2008. 141 b.
45 Shu manba
Ijtimoiy jihatdan ishsizlik daromadlarning pasayishiga olib kelganligi bois nafaqat ishsiz kishining o’zi uchun, balki uning oilasi uchun ham jiddiy muammolarni tug’diradi. Bunday holat oxir oqibatda jamiyatdagi holatga ta’sir ko’rsatadi. Ishsizlik miqyoslarining kengayib borishi noroziliklarni va ijtimoiy beqarorlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlikning keskin ko’payishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar (davlat sektorining kamayishi), inflyatsiya hamda xo’jalik yuritishning muqobil shakllari (xususiy korxonalar, hissadorlik jamiyatlari) tez o’smaganligi sababli ko’pgina korxonalarda moliyaviy ahvol yomonlashuvi natijasida yuzaga keladi. Bularning hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etadi: davlat ta’siri qisqaradi, investitsiya faoliyati sustlashadi, iste’mol xarajatlari esa inflyatsiya ta’sirida turmush darajasining yomonlashuvi tufayli birmuncha kamayadi.
Amalda ishsizlik tabiiy darajasining eng maqbul miqdori yo’q. Hali hech kim iqtisodiyot uchun ma’lum ishchining ishlab chiqarish bilan shug’ullangandan ko’ra, ishsiz bo’lgani afzal ekanligini isbotlashga erishgani yo’q. Aksincha, yalpi milliy mahsulotni yuqori darajada ishlab chiqarish natijasida ishsizlikning tabiiy darajasi pasayadi. Ammo u maqbul miqdordan yuqori bo’lib qolaveradi. CHunki yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish o’z imkoniyat darajasiga yetmagan bo’ladi46.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi, ijtimoiy sohalarda ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ish bilan
bandlik muammolarini ijobiy hal etishga, ishsizlikning oldini olishga erishildi.
Ishsizlikni oldini olish muammosi ayniqsa jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida dolzarb bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki respublikamizda inqiroz oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 2009 – 2012–yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi qabul qilindi va u izchil amalga oshirilmoqda.
2009-yil uchun va yaqin kelajakka mo’ljallangan iqtisodiy dasturlarning eng ustuvor vazifalarini belgilab olishda jahon iqtisodiy inqirozining ta’siri va oqibatlarini yetarlicha to’liq hisobga olish muhim vazifa ekanligi respublika Prezidentining
«Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida alohida ta’kidlab o’tildi.
Bugungi kunda respublikamizda ishsizlikning paydo bo’lish sababalriga ko’ra, quyidagi asosiy turlari ko’p uchramoqda:

  • tarkibiy, iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo’lishi va mulkchilik shakllarining o’zgarishi bilan yuzaga keladi;

  • yashirin, bu qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun xarakterlidir

va haqiqiy ishchi kuchini kam miqdorda talab qiladi. YAshirin ishsizlik ishlab chiqarishning chuqur tanazzuli sharoitida korxonalarda ortiqcha bandlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi;

  • mavsumiy, ma’lum mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlovchi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash hamda tayyorlash muddati bilan asoslangan. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif mavsumiy omillarining barobar ta’sir qilishi sifatida namoyon bo’ladi;

  • texnologik o’zgaruvchan, bu korxonada texnologik o’zgarishlarning amalga oshirilishi va modernizatsiya qilinishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, fan-texnika yutuqlari natijasida qo’l mehnati o’rnini texnika egallashi natijasida yuzaga keladi47.

Mustaqil taraqqiyot davrida O’zbekistonda ishsizlikni oldini olish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ishsizlar soni qisqarib, ishsizlik darajasi chegaraviy miqdorlar doirasida saqlanib qoldi. Xalqaro standartlarga muvofiq ishsizlik darajasi chegaraviy miqdori Xalqaro Mehnat Tashkiloti metodikasi bo’yicha hisoblaganda 7 foiz atrofida bo’lib, uning darajasi shu miqdordan oshib ketadigan bo’lsa, bu iqtisodiyotga tahdid sanaladi. O’zbekistonda ushbu ko’rsatkich hozirda 5 foizni tashkil etadi.



  1. – jadval

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin