Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari bitiruvchilari
6,3
6,0
11,3
11,9
Boshqa sabablar
23,1
21,4
26,7
26,3
Manba: Uzbekistan v tsifrax. 2001.-Tashkent, 2002 s.34; Uzbekistan v tsifrax. 2010.- Tashkent, 2011. s.49; Uzbekistan v tsifrax. 2010.-Tashkent,2011.
Bunday holat respublikada malakali mehnat bozori shakllanib boshlaganligidan dalolat beradi. Buni tasdig’ini ishsiz maqomini olganlar orasida umumiy o’rta (to’liq) ma’lumotga ega bo’lganlar ulushining ortib borganligida ham ko’rish mumkin. Agar 2000-yilda ularning salmog’i 51,3 foiz bo’lgan bo’lsa, 2010-yilda 69,9 foizni tashkil etdi48.
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlarning yosh bo’yicha taqsimlanishi ko’rsatkichlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, ularning orasida 16-18 yoshda hamda
50 va katta undan katta yoshdagilarning ulushi sezilarli darajada kamaygan. Ayni paytda boshqa yosh guruhlari salmog’i ortib borgan (9- jadval).
9 - jadval
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlarning yosh bo’yicha taqsimlanishi, %
2000-y.
2010-y.
48 Узбекистан в цифрах. 2010.-Ташкент. 2011. с.51;
Manba: Uzbekistan v tsifrax. 2001.-Tashkent, 2002. s.38; Uzbekistan v tsifrax. 2010.- Tashkent,2011. s.52;
Inqiroz jahon mehnat bozoriga ham kuchli ta’sir ko’rsatganligini quyida
keltirilayotgan raqamlardan ham ko’rish mumkin. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, 2010-yilda dunyoda o’rta hisobda 211,5 mln. ishsiz bo’lib, ular iqtisodiy faol aholining 6,6 foizini tashkil etgan. SHulardan 122 millioni erkaklar, 89,5 millioni ayollardir.
Ishsizlikning eng yuqori o’rtacha ko’rsatkichi SHimoliy Afrikada - 10,5 foiz, va shuningdek Janubi – SHarqiy Yevropa va MDHga kiruvchi mamlakatlar guruhida
10,3 foizni tashkil etgan49. Ta’kidlash joizki, 2000 – 2005-yillarda ishsizlikning dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichi 6,2 – 6,4 foizga teng bo’lib, keyinchalik u pasaya boshlagan (2008-2009-yy. – 5,7 – 5,8 foiz), 2010-yilda inqiroz sababli yana oshdi va 6,6 foizni tashkil etdi.
BMT ekspertlarining baholashlariga ko’ra 2010-yilda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar bo’yicha ishsizlikning o’rtacha ko’rsatkichi 8,6foiz ga, jumladan AQSHda – 9,3 foiz, YAponiyada – 5,4 foiz, Yevropa ittifoqida – 9,2 foiz ga, yevrohudud mamlakatlarida – 9,7foizga teng bo’ldi. Ayni paytda ishsizlik darajasi iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan past darajada bo’ldi. Masalan, Xitoyda 2010-yilda ishsizlik 2009-yil darajasida qoldi (4,0foiz), Braziliyada esa 9,3 foiz dan 7,9 foiz ga pasaydi. Ishsizlik darajasi ayniqsa yoshlar orasida (16 – 24 yosh) yuqori bo’lib, uning o’rtacha ko’rsatkichi 2010-yilda 14 foiz ni tashkil etdi. 2009-yilda esa 12,2foizga teng bo’lgan edi. 2011-yilda ham ishsizlik darajasining o’sishi kutilmoqda.
Jahon mehnat bozorida vujudga kelgan bunday holat Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ekspertlari tomonidan “global mehnat bozoridagi inqiroz” sifatida baholandi.
Boshqa mamlakatlardan farqli ravishda O’zbekistonda 2010-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti metodikasi bo’yicha hisoblangan ishsizlik darajasi 4,9 foizga teng bo’ldi va 2011-yilda ham deyarli shu darajada saqlanib qoldi. Mamlakatimizda ishsizlik darajasining barqarorlashganligi birinchi navbatda, respublikada ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturining samaradorligidan dalolat beradi. Dasturda yangi ish o’rinlarini yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda muhim omil ekanligini hisobga olib, uni jadal rivojlantirish,
49 Социально-экономическое положение стран Содружества независимых государств в 2009 году. Экпресс- доклад. Январь, 2010 стр 10.
rag’batlantirish va qo’llab- quvvatlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Respublika hududlarida qurilish materiallari sanoati, oziq-ovqat, yengil sanoat va boshqa tarmoqlarda kichik biznes sohasida faoliyat olib boradigan 480 dan ortiq yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi50. Mamlakatimizda 940 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari yaratildi. Ish bilan bandlik muammolari respublikaning qishloq joylarida o’ta dolzarb ekanligidan kelib chiqib, bu yerda 500 mingga yaqin yangi ish o’rinlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosidagi kasanachilikni hamda pudrat shartnomasi asosidagi uy mehnatini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida 130 mingga yaqin ish o’rni yaratildi.
SHunday qilib, O’zbekistonda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora - tadbirlar global moliyaviy – iqtisodiy inqirozning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy oqibatlarini oldini olish, respublika aholisini ishonchli himoya qilish, ularni daromadi va moddiy farovonligini oshirish imkonini ta’minladi. Eng asosiysi respublikada ishsizlik darajasini chegara miqdorlari doirasida saqlab qolishga erishildi va bu mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim omili bo’ldi.