Shaharlarda joylashagan uy va kvartiralar uchun 200 500 kv mgacha
1,1
1,25
1,4
1,6
Shaharlarda joylashagan uy va kvartiralar uchun 500 kv m dan oshgada
1,35
1,55
1,8
2,2
19O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, PQ № 1449, 1675, 1887, 2099,2270
Resurs soliqlari va mol-mulk soliqlarida soliq yukining ortib borishi soliqlarni real qiymatlardan undirishga e`tibor birilayotganini bildiradi, ya`ni iqtisodiy faoliyat natijasidan qat`iy nazar soliq undirish imkonini beradi. Rivojlangan davlatlarda esa, iste`mol rag`batlantiriladi, chunki u yerda raqobat kuchli va mijozlar uchun kurash boradi, shuning uchun ham egri soliqlar bunchalik yuqori salmoqqa ega emas. Iqtisodiyot rivojlanib borishi bilan O`zbekistonda ham egri soliqlar salmog`i pasayib boradi.
Quyidagi jadvalda davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi soliqlarning o`zgarishlari aks etgan (4-jadval).
Shu o’rida ushbu soliqlarning buydjet daromadlari tarkibida tutgan o`rnini tahlil qilish lozim. Soliqli daromadlar jami daromadlar tarkibida 2014-2015 yillarda 93,9 foizni tashkil etmoqda. Shundan bevosita soliqlarning ulushi 2015 yilda o`tgan yillarga nisbatan biroz kamaygan va 23,6 foizni, jumladan, yuridik shaxslardan foyda solig’i 3,5 foizni, jismoniy shaxslardan daromad solig’i 10,1 foizni,obodanlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i 2 foiznitashkil etgan. Bilvosita soliqlarning ulushi esa o`tgan yilga nisbatan 1 foizga ko`paygan, jumladan, aksiz solig`i 15,2 foizni, bojxona boji 4,4 foizni va transport vositalari uchun yoqilg’i iste’moli solig`i 3,5 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, Mol-mulk solig’i va resurs to`lovlarii 0,9 foizga ortib, shundan mol- mulk solig’i 2015 yilda 4,7 foizni, yer solig`i 2,5 foizni, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq esa 0,5 foizni tashkil etmoqda.
Umuman olganda, soliq tushumlari muhim makroiqtisodiy va mikroiqgisodiy jarayonlar ko`lami va ulardagi rivojlanish sur`atlariga jiddiy ta`sir ko`rsatadigan, moliyaviy oqimlarni boshqarishda davlatning muhim instrumenti xisoblandigan davlat byudjetini mablag` bilan ta`minlaydi. Mavjud makroiktisodiy va mikroiktisodiy sharoitlar esa moliya -soliq siyosatining ham imkoniyatlari va chegaralarini belgilab beradi.