Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


rasm.O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi12



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə7/29
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#187860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida davlat fiskal siyosati

rasm.O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi12





12 O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 33-35 modddalarga asosan tayyorlandi
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi.
Qonunchilikka muvofiq suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq, O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik yog’i uchun aksiz solig’i Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o’tkazib beriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi13.
Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.
Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.
Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi jarayonida byudjetdan ajratiladigan mablag’lar:

    1. quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan byudjetdan ajratiladigan mablag’larning:

byudjet tashkilotlarining tarmog’i, shtatlari va kontingentlari bo’yicha reja bajarilmaganligi;
byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to’ldirilmaganligi;
kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag’lar moliya yili yakuni bo’yicha to’liq o’zlashtirilmaganligi;
byudjet tashkiloti va byudjet mablag’lari oluvchilar faoliyati to’xtatib turilganligi — to’xtatib turilgan davr uchun;

    1. byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, davlat moliyaviy nazorati bo’yicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga xilof ravishda byudjetdan ajratilgan mablag’larning summalariga;

    2. qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar miqdorlarining qisqartirilishi summalariga;

    3. moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining summalariga;

    4. dotatsiyalar va subsidiyalarni to’lash uchun mo’ljallanib, ammo zarurati qolmagan summalariga kamaytiriladi.

Byudjetdan ajratiladigan mablag’larni kamaytirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot byudjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo’ladi14.
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot quyidagi hisobot shakllarini o’z ichiga oladi:

  • Davlat byudjeti ijrosining balansini;

  • Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni;

  • Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni;

  • Byudjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnomani;

  • Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo’yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to’g’risidagi hisobotni.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin