iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida davlat fiskal siyosati
1 bob bo’yicha xulosa
Fiskal siyosatni amalga oshirish natijasida daromad va xarajatlarni mutanosibligini ta`minlashga erishilish ko`zda tutilgan ekan, shuni masalani to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida byudjetni daromadlarini to`g`ri rejalashtirish maqsad qilib qo`yilgan. Shu munosabat bilan qabul qilingan Byudjet Kodeksida davlat byudjeti daromadlari umumiy tarza berilgan bo`lsada, Respublika va mahalliy byudjet daromadlari, jumladan viloyat, shahar va tuman byudjet daromadlari ham alohida alohida, manbalari ko`rsatilgan holda berilgan. Avvalgi “Byudjet tizimi to’g’risidagi qonun”15 esa daromadlar umumiy qilib berilgan edi. Xuddi shunday byudjet xarajatlari ham ushbu kodeksda har bir byudjet bo`yicha alohida keltirilgan.
Soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo’lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni bekor qilish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar stavkalarini kamaytirish, soliq to’lovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega bo’lishi mumkin, agar bu soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan bo’lsa.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari o’zgartirilishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, ular rasmiy e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga kiritiladi.
15O`zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonuni, 2013 yil dekabrda o`z kuchini yo`qotgan.
BOB. MAMLAKATIMIZDA DAVLAT FISKAL SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHNI IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHGA TA`SIRINI AMALDAGI XOLATINI TAHLILI
Soliqsiyosatiniamalgaoshirishholatinitahlili
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni soliq tizimini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo`nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barkarorligini ta`minlash jarayonida har qachongidan ham muximroq bo`lib bormoqda.
Davlat byudjeti daromadlarining byudjetga tushishining uzluksizligi ta`minlansa, iqtisodiyotning turli tarmoqlari rivojlanishi uchun yetarli darajada xarajatlar qilish imkoniyati mavjud bo`ladi va aholi turmush farovonligi yaxshilanadi. Davlat byudjetining xarajatlar qismini optimallashtirish, ortiqcha xarajatlarga yo`l qo`ymaslik, ijtimoiy zaruriy sohalarni rivojlantirish istiqbollarini ko`zlagan holda xarajatlarni maqsadli yo`naltirish va bu qilinayotgan xarajatlarni kelgusidagi samaradorlik ko`rsatkichlarini e`tiborga olish bugungi kundadagi fiskal siyosatni asosiy vazifasi hisoblanadi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan shu kungacha bo`lgan davrda soliq tizimidagi soliqlar va yig`imlar turlarining kamayib borishiga qaramasdan (1-jadval) davlat byudjeti daromadlari tarkibida muhim salmoqni egallovchi soliqlarning miqdori o`sib borayotganligini kuzatish mumkin.
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan qat`iy soliq;
qo`shilgan qiymat solig`i;
aktsiz solig`i;
yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
mol-mulk solig`i;
yer solig`i;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i;
transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;