Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari4



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə4/29
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#187860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida davlat fiskal siyosati

1-rasm. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari4







4 Vahobov А., Malikov Т. Moliya: umumnazariy masalalari, o`quv qo`llanma, ”Iqtisod- moliya”, 2007y.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari hisoblanadigan soliq va byudjet siyosatini ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi hisoblanadi. Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo`lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi5:

    • soliqlarsiz davlatning faoliyat ko`satishi mumkin emas;

    • soliqli undirish qat`iy o`sish tendentsiyasiga ega;

    • oqilona soliq ostonasidan o`tilganidan so`ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi – iqtisodiyotning o`z-o`zidan yemirilishisodir bo`ladi;

    • tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o`rnatilmog`i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanadi;

    • soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi;

    • iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar o`lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq qismining undirilishida mamlakatning iqtisodiy o`sishi to`xtaydi;

    • soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bo`lishi va barcha takror ishlab chiqarish sub`ektlari uchun teng bo`lishi kerak;

    • soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo`lmasligi lozim. Faqat, jumladan, individual daromadlarning o`sishida ifodalangan milliy boylikning o`sishi soliqqa tortiladigan bazaning (asosning) barqaror o`sishini ta`minlashi mumkin;

    • qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning summar o`lchovi barqaror o`sish tendentsiyasiga ega bo`ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat o`zining majburiyatlarini buzishni




5 Vahobov А., Malikov Т. Moliya: umumnazariy masalalari, o`quv qo`llanma, ”Iqtisod- moliya”, 2007y.
boshladimi, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga o`tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini) qisqartiraveradi;

    • soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo`lmog`i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish ob`ektlarini ko`paytirish, ko`p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo`yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning o`sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq to`lovchini kasod deb e`lon qilish va h.k. yo`llar orqali iqtisodiyotning yemirilishiga olib keladi;

    • soliqqa tortish bilvosita tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy iste`molchisi zimmasiga, ya`ni yashash minimumi darajasida yoki sotsial tirikchilik darajasida daromadga ega bo`lgan aholining 80-90% qismiga yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida iste`molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan;

    • bilvositasoliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda aholining asosiy qismidan jamg`armalar olib qo`yiladi va bu, o`z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Bilvosita soliqlardan voz kechgan AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;

    • bilvosita soliqlarni sog`liq uchun zararli bo`lgan tovarlar, zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir qancha o`ziga xos bo`lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur;

    • daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bo`lib hisoblanishi kerak. Ularni proportsional soliqqa tortish printsiplariga asosan qurmoq lozim.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a`zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag`batlantirilishini olib qo`yadi, ya`ni mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta`siri bevosita namoyon bo`ladi – yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish
jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste`mol darajasi pasayadi va bu narsa, o`z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining o`sish bazalarining pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funktsiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O`zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bo`lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funktsiyalarini, mamlakat sub`ektlari funktsiyalarini, byudjet federalizmi printsiplarini, byudjet jarayoni sub`ektlarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to`planadigan YaIM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlarining o`zaro munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o`rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo`llarini aniqlashda va boshqalarda ifodalanadi.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi6.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib





6X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet.
boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat. Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o’ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o’z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi..



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin