Fiskal siyosatning mazmun mohiyati va ahamiyati
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashga oid tub islohotlarning o`tkazilishi davlatning iqtisodiy siyosatining samarali ijrosini ta`minlashni taqozo etadi. Bizga ma`lumki, islohotlar strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining keng qamrovli dastaklarini o`z ichiga oladi. Mana shunday eng muhim dastaklardan biri davlatning izchilolib borilayotgan moliyaviy siyosatidir. Moliyaviy siyosat qo`yilgan maqsadlarnihayotga tatbiq etish uchun, bajarilishi lozim bo`lgan vazifalarning ijrosini ta`minlashda asosiy o`rinni egallaydi. Moliyaviy siyosat haqida so`z yuritar ekanmiz,uning nihoyatda ko`p qirrali va murakkab kategoriya ekanligini alohida ta`kidlash lozim. Hozirgi kunga qadar moliyaviy siyosat tushunchasi borasida yagona fikr mavjud emas. Masalan, G`arb iqtisodchilari Stenli Fisher, Rudiger Dornbush va Richard SHmalenzilar moliyaviy siyosat tushunchasiga fiskal siyosat tushunchasi orqali yondashadilar. «Fiskal siyosat esa davlatning o`z daromadlari va xarajatlari bo`yichaqaror qabul qilishi bo`lib hisoblanadi», — deb ta`kidlashadi3.
J.M.Keynsning izdoshlari AQSHdan – A.Xansen, S.Xarris; Buyuk Britaniyadan – R.Xarrod, A.Ilersik, A.Pikok; Frantsiyadan – F.Perru; Germaniyadan – F.Neymark va boshqalar fiskal antitsiklik nazariyaning yaratilishini nihoyasiga yetkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi o`zgarishlarga borib taqaladi.
Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida “defitsitli moliyalashtirish” g`oyasini himoya qildilar. Ular davlat qarzlarining o`sishini inobatga olmagan holda davlat katta xarajatlarining zarurligini isbotlab berdilar. Biroq xronik xarakter kasb etgan katta miqdordagi byudjet defitsitlari iqtisodchi- olimlarning ma`lum bir guruhini, shu jumladan Stokgol m maktabi vakillarini,
3 Фишер С., Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономика. — М.: Финансы и статистика, 1993.
jumladan, E.Lindal , G.Myurdallar byudjetga oid muammoni yangicha hal etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari “byudjetni siklik balanslashtirish”, ya`ni byudjet daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy siklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq iqtisodiy tanazzul paytida vujudga kelgan byudjet defitsitini davlat iqtisodiy o`sishi davridagi ortiqchalar hisobidan qoplashi kerak. Ana shu tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir necha kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari siklik tartibga solishning maxsus pul fondlarini yaratdilar.
Amerikalik mashhur olimlar K.R.Makkonnell va S.L.Bryular taklifga yo`naltirilgan fiskal siyosatni qo`llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni o`zgartirish orqali esa taklifga ham ta`sir ko`rsatadi. Byudjetdan transfert to`lovlari va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni ta`minlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |