Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-jadval Respublika byudjeti va Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə6/29
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#187860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida davlat fiskal siyosati

1-jadval Respublika byudjeti va Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining,


viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari tarkibi9



Respublika byudjeti daromadlari

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari

  1. umumdavlat soliqlari, shu jumladan:

    • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

    • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

    • qo’shilgan qiymat solig’i;

    • aksiz solig’i;

    • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

  2. bojxona bojlari;

  3. boshqa daromadlar.

  1. belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan:

    • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

    • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

    • aksiz solig’i;

    • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

    • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

  2. mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan:

    • mol-mulk solig’i;

    • yer solig’i;

    • qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

    • aylanmadan olinadigan soliq;

  3. yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

  4. avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;

  5. bozorlardan tushadigan daromadlar;

  6. boshqa daromadlar






9O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 51-52- moddalar, O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 52- modda, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013-yil., 52- I-son
Respublika byudjetining boshqa daromadlariga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari va jarima sanktsiyalari, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari , yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi10.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining boshqa daromadlariga davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni, huquq bo’yicha davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi11.

Mamlakatimizda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga
10O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 51- modda, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013-yil., 52-I-son
11 O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 52- modda, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013-yil., 52-I-son
va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi orqali tartibga solinadi. Soliq kodeksi dastlab 1997 yilda qabul qiligan bo’lib, yillar mobaynida soliq tizimining takomillashuvi natijasida bir qator o’zgartirishlar kiritib borilgan va natijada 2007 yilga kelib yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilindi va 2008 yil 1 yanvarda amaliyotga tabiq etila boshladi.
Bugungi kunda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar ushbu Kodeks bilan belgilanadi, o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 34-moddasiga asosan Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat:
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari (2- rasm).


Toshkent shahri tarkibidagi tumanlar byudjeti




  1. Yüklə 0,9 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin