Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Askiya o‘zbek xalqining milliy merosi sifatida



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix04.04.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#92940
1   2   3   4   5   6
O\'zbek Folklorlari

1. Askiya o‘zbek xalqining milliy merosi sifatida. 
«Askiya» so‘zining asosi arab tilidagi «zakiy»dan olingan 
bo‘lib, sof fikrli, o‘tkir zehnli, zakiy – nozik tabiat bilan 
fikr yuritish ma’nolarini anglatadi. «Azkiyo» esa ko‘plik 
shakldir. Fikrimizcha, «k» jarangsiz undosh tovushi ta’sirida 
«z» jaranglisi jarangsizlashib «s»ga aylangan bo‘lishi 
mumkin. 
Askiya san’atini ilmiy o‘rgangan olim Rasul 
Muham 
madiyev o‘zbeklarning askiya aytishi qadim 
zamonlardan boshlanganini qayd etgan. Xususan, XV 
asrda yashagan shoir Zayniddin Vosifiy o‘z xotiralarida 
Hirot shahrida Mirsarbarahna, Burhoniy Gung, Hasan 
Voiz, Said G‘iyosiddin, Sharfiy, Halil Sahhob, Muhammad 
Badaxshiy kabi o‘tkir so‘z ustalari borligini aytib o‘tgan. 
Hunarmandchilik rivojlangani sari askiya ham keng 
ommalashdi. Ayniqsa, bo‘z, atlas to‘qiydigan kosiblar qo‘l 
va oyoqlari muttasil harakatda bo‘lgani bois yo qo‘shiq, 
ashula aytishgan, yo askiya bilan ko‘ngilni ovutishgan. Bu 
jihatdan Farg‘ona vodiysi aholisi alohida ajralib turgan. 
Yusufjon qiziq Shakarjonov, Mamayunus Tillaboyev, Erka 
qori Karimov, Amin buva, G‘anijon Toshmatov, Tursun 
buva Aminov, Abdulhay Maxsum kabi mashhur so‘z ustalari 
askiya san’atini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shdilar. 
Askiya san’atining asosini badiiy adabiyotdagi iyhom 
deb ataluvchi badiiy tasvir vositasi tashkil etadi. 
220
220


Masalan, Rasul Muhammadiyev 1962-yilda e’lon qil gan 
«Askiya» kitobida quyidagi matnni keltiradi:
«Qodirjon aka:
– Ikromiddin, bu yoqqa qarang, bizga pishirishingiz bitta 
osh, qovoq ham solasiz-a!
Ikromiddin: 
Qodirjon aka, sizlardaqa aziz mehmonlarga atab har 
xil ovqat qilganmiz: bu sho‘rva, oshqovoqda...
Ikromiddin:
–... bir oz u yoq-bu yoqdan gaplashib o‘tiringlar, boshqa 
ovqat qilaman: qovoq-siz!
Endi askiyada qayta-qayta takrorlangan «qovoq» so‘ziga 
diqqat qilamiz. Avvalo, «qovoq» so‘zining ma’nolarini 
ko‘rib chiqaylik. Birinchidan, palak otib o‘sadigan poliz 
o‘simligi. Ikkinchidan, shu o‘simlik qobig‘idan tayyorlangan 
idish. Unga, odatda, sut, ovqat solib saqlanadi. Uchinchidan, 
odamning qoshi ostidagi ko‘z kosasini qoplovchi teri. Askiya 
matnida uchta ma’noning hammasi faol ishtirok etadi. 
Kulgi hosil qilishning yana bir usuli askiyabozlarning 
laqablari bilan bog‘liq so‘z o‘yinlaridir. Haqiqiy mohir 
askiyabozlar raqiblarining laqablarini askiya matniga 
shunday singdirib yuborishar ediki, faqat askiyani nozik 
tushunadigan tinglovchigina uning ma’nosiga fikr qilib yetib 
borar edi.
Mashhur hofiz Mamayunus (laqabi kal) poyezdda 
ketishayotganda do‘sti Erka qorini (ko‘zi ojiz) askiyaga 
tortar ekan, qori akaning ko‘zi ojizligiga shama qilib:
- Turing, qori aka! Ko‘r otga (kurortga) keldingiz! – 
deydi. Erka qori yostiqdan boshini ko‘tarar ekan, shoshib-
pishib kupe derazasidan tashqariga qaragan bo‘ldi-da, darhol 
yuzini Mamayunus aka tomon burib:
– Hovliqmay qoling, Mamayunus! Sho‘rtepa-ku! – 
221
221


deydi.
Matnni tahlil qilishda tinglovchi «ko‘r ot», «sho‘rtepa» 
so‘zlarining ma’nosini shu zahoti zakiylik bilan ko‘zi 
ojiz, kal ma’nolarida tushunib yetmasa, askiyaning butun 
mohiyati o‘z qadrini yo‘qotadi. Natijada, Mamayunus 
akaning mahoratini ham, Erka qorining topqirligini ham 
baholay olmaydi.
Askiya tarkibida kichik turlar mavjud. Ularning eng 
ommalashgani payrav, qolganlari gulmisiz, rayhonmisiz, 
jambilmisiz; o‘xshatdim, qofiya, tugal, bo‘lasizmi, rabbiya, 
afsona, safsata kabi nomlar bilan ataladi.
Payrovda askiyabozlar tinglovchilar auditoriyasining 
kasbi, hududi, mahalliy sharoit xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro 
kelishib mavzu tanlashadi. Mavzular dehqonchilik, kosiblik, 
o‘qituvchilik, badiiy asarlar, maqollar, paxta, imorat, tabobat 
va boshqa yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. 
Askiya yuzasidan ma’lumot berishda bir masalani 
esdan chiqarmaslik lozim. Gap shundaki, askiya tabiatida 
pornografiya – uyatli ma’no ifodalash xususiyati bor. Aytish 
kerakki, umuman, xalq og‘zaki ijodidagi deyarli hamma 
janrlarda uyatli tushunchalarni pardali tasvirlash odatini 
inkor qilib bo‘lmaydi. Ayrim qo‘shiqlarda, topishmoqlarda, 
latifalarda, dostonlar va ertaklarda ba’zan ijrochilar 
tinglovchi auditoriyasini yanada qizdirish, e’tiborni o‘ta 
jalb qilish, kulgi darajasini ko‘tarish maqsadida bu usuldan 
foydalanganlar. Ammo odob chegarasi ularning juda erkin 
so‘z ishlatish va harakatlariga yo‘l qo‘ymagan. Shu bilan 
birga askiya ijrosida iyhom san’atidan foydalangan holda 
pornografik ma’noli askiya matnini qo‘llash tajribada ko‘proq 
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham askiya erkaklar 
o‘rtasida aytilganda, ayollarning davrada qatnashishi ma’qul 
sanalmagan. Folklorshunoslikda ayollar o‘rtasida alohida 
222
222


askiyalar bo‘lib turgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Shunday qilib, askiya o‘zbek xalq og‘zaki ijodining 
so‘z o‘yini asosida shakllangan va ommalashgan o‘ziga 
xos janri sifatida baholanishi mumkin. Askiya jozibasi 
asrlar davomida ota-bobolarimiz tomonidan ijro etib 
kelingan. Uning taraqqiyotiga bugungi kunda Jo‘raxon 
aka Po‘latov, Bahodir Shokirov, Ne’matjon Toshmatov, 
Akromjon Anvarov, Mansurjon Oxunov, Sodiqjon Hasanov, 
Muhammadsiddiq Shiryayev, Ubaydulla Abdullayev, Ma’ruf 
Rahimov, Jaloliddin Rahimov, Xotamjon Hakimjonov, 
Xotamjon Teshaboyev kabi so‘z san’atkorlari munosib hissa 
qo‘shib kelmoqdalar.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin