Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Askiya san’atining o‘ziga xosligi



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix04.04.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#92940
1   2   3   4   5   6
O\'zbek Folklorlari

2. Askiya san’atining o‘ziga xosligi. Askiya haqida fikr 
yuritishdan avval uning mohiyati haqida qisqacha mulohaza 
bildirish joiz. Askiya aytish qanchalar murakkab bo‘lsa, uni 
tushunish ham oson emas. Chunki askiyachi aytgan askiyada 
nozik so‘z o‘yini qo‘llaniladi. So‘z o‘yinini tushunish esa 
uni o‘ylab topishdek qiyin. So‘z o‘yinida uni o‘ylab topgan 
odamning fikrlash usulini qo‘llash lozim bo‘ladi. Shu bois 
askiya paytida kimdir kuladi, kimdir gap nima to‘g‘risida 
borayotganini anglay olmay garang bo‘lib turaveradi. 
Askiya janrining bosh maqsadi, uning mohiyati so‘z o‘yini 
vositasida kulgi hosil qilishdir.
Askiya jahondagi bironta xalq og‘zaki ijodida 
uchramaydigan, so‘zdan so‘z hosil qilish, so‘z jilosidan 
to‘liq foydalanish, so‘z o‘yiniga asoslangan janrdir. Boshqa 
xalqlarda bu janrning uchramasligini esa, asosan, o‘zbek 
tilidagi so‘z boyligi bilan izohlash maqsadga muvofiqdir. 
Xususan, maqol, topishmoq, ertak, qo‘shiq, doston janrlari 
jahon xalqlari ijodida aynan yoki bir oz o‘zgargan holda 
uchraydi, ammo olimlar shu kungacha askiyaning boshqa 
xalqlarda mavjudligini aniqlamaganlar. To‘g‘ri, ba’zi 
223
223


paytlarda latifalarda askiyaga o‘xshash vaziyatlar uchrashi 
mumkin (peshka xodit ye 2-ye 4; on xodit yedva, yedva – 
shaxmat o‘yinidagi eng kichik sipoh ye 2 xonasidan ye 4 ga 
yuradi, biz nazarda tutgan odam esa zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yuradi). 
Ammo muayyan xususiyatlarga ega alohida janr sifatida 
uchramaydi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – 
Toshkent: Ma’naviyat. 2008. 176 b. 
2. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa», 
2010. 368 b. 
3. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz 
so‘z», 2010. 
4. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik 
ijodi. T., 2005.
5. Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский 
народный героический эпос. М., с. 303.
6. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T., 2009 yil. 
7. M e t i n E k i ç i. Türk dünyasinda Köroğlu. – Ankara: 
Akçağ, 2004; 
8. Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. 
– T.: Fan, 1981.
9. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi.–Toshkent: Fan, 
1995. –168 b.
10. Saidov M.S. O‘zbek xalq dostonchiligida badiiy 
mahorat masalalari. Toshkent, 1969.
11. Cejidov M. Azerbajchan xalgыnыn sojkokunu 
dushunereken – Bakы: Jezыchы, 1989. – S.320.
12. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 1-kitob. T., 2006.
13. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 2-kitob. T., 2010.
14. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. T., 2010.
224
224


15. Turdimov Sh. Go‘ro‘g‘li» dostonlarining genezisi va 
tadrijiy bosqichlar. – Toshkent: Fan, 2011.
16. Turdimov Sh. Etnos va epos. – Toshkent: O‘zbekiston, 
2012. –112 b. 
17. Eshonqul J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan, 
2006. –120 b.
18. Eshonqul J. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy 
talqini. – Toshkent: Fan, 2011.
19. Fuzuli Bayat. Köroğlu destanı. Istanbul: Ötüken, 
2009;
20. Introduction to Folklore. London, 2008. Page7
225
225


15-MAVZU. TOMOSHA SAN’ATI
1
Reja:
1.O‘zbek an’anaviy teatr san’ati.
2.Xonliklar davrida tomoshogohlar.
3.Tomosha turlari.
O‘zbekiston hududlarida yashovchi mahalliy aholi 
azaldan o‘zining rang-barang ijodiy merosi bilan badiiy 
madaniyatimizni boyitib kelgan. Bunda ijrochilikka 
asoslangan an’anaviy teatrning alohida o‘rni bor. Ular kelib 
chiqishiga ko‘ra, uzoq tarixga ega bo‘lib, ajdodlarimiz 
ijodiy salohiyati, ma’naviy va badiiy-estetik talab-ehtiyojlari 
negizida ijod etilgan, bugungi kunda ham shu maqsadlarga 
xizmat qilib keladi. Avloddan-avlodga o‘tishi, ommaviyligi, 
mehnat jarayonlari, urf-odatlar, marosimlar, bayramlar bilan 
bog‘liq holda yashashi xalq teatrining asosiy xususiyatidir.
O‘tmishda va hozirgi kunda ham amal qilayotgan o‘zbek 
xalq tomoshalari ana shunday an’anaviy va ommaviy ijod 
mahsulidir. Ular asrlar davomida ijtimoiy hayot, siyosat, 
mafkura ta’sirida o‘zgarib, tuslanib bordi. Ba’zilari unutildi. 
Ammo aksariyat tomoshalar xalq urf-odatlari, marosimlari va 
bayramlaridan oziq olib, hayot bilan hamnafas yashab, oddiy 
kishilar ma’naviy hayotida muhim o‘rin egallab kelgan. 
Qancha mafkuraviy tazyiqlarga uchragan bo‘lmasin, 
aholi ma’naviy fazilat (his-tuyg‘u, e’tiqod, odat kabi)
larining shakllanishida muhim bo‘lgan san’at, shu jumladan 
teatr san’ati vositalaridan keng miqyosda foydalanuvchi xalq 
marosimlari doim yashab keldi. Aksariyat marosimlarda 
1Ushbu mavzu I.Abdurahmonov, B.Sangirovlarning “O‘zbek 
an’anaviy qiziqchilik san’ati” (“Tafakkur gulshani”, Toshkent 
–2017)kitobi asosida tayyorlandi. 
226
226


sahnaviy shakllardagi badiiy obrazlar yaratildi. Xalq 
termalari aytishuvlari, savol-javoblari, qo‘shiqlari, 
raqslaridan foydalanilgani malakali tashkilotchi(korfarmon, 
o‘yinboshi, nadim, onaboshi, bakovul, oqsoqol)lar tomonidan 
tayyorlanishi va o‘tkazilishi sababli, marosimlar ko‘p hollarda 
ommaviy tomosha shaklini olgan va qatnashuvchilarning 
kayfiyatlarini, ehtiroslarini umumlashtirgan. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aksar tomoshalar 
bir zamonlar marosim sifatida vujudga kelib, jamiyat 
taraqqiyoti davomida o‘z asosidan uzoqlashib, oddiy o‘yin 
hamda oddiy tomoshaga aylanib borgan. O‘zbekiston shu 
jihatdan e’tiborlidir. Ayni chog‘da marosimlar, shuningdek, 
xalq bayramlari asrlar davomida avloddan-avlodga 
o‘tib kelayotgan ko‘pgina o‘yin va tomoshalar zamirida 
xalqimizning ijrochilik salohiyati, iste’dodi, dunyoqarashi, 
orzu-intilishlari yotadi. Jonli va hayotiy obrazlar, tomosha 
vositalari ularda yetakchilik qiladi. 
O‘zbek an’anaviy teatr san’atining eng keng tarqalgan 
turi bu shubhasiz, qiziqchilik san’atidir. Bu san’at turi 
vatanimizda keng ma’nolarga ega bo‘lib, ayrim hollarda 
“tomosha” nomi ostida xalq madaniy hayotining tarkibiy 
qismiga singib ketgan. Ayni paytda xalqimiz badiiy 
madaniyatining eng ommabop va ko‘pqirrali murakkab 
sohalaridan biridir.
Istiqlol yillarida qiziqchilik san’atini rivojlantirish uchun 
keng imkoniyatlar ochildi. Poytaxt va viloyatlarda o‘nlab 
yangi ijodiy guruhlar paydo bo‘ldi, turli teleko‘rsatuvlar 
tayyorlanib, muntazam ravishda efirga uzatilayotgani ham 
shundan. Ayniqsa, poytaxtimizda tashkil etilgan Mustaqillik 
va Navro‘z bayramlari tomoshalarida askiyachilar guruhlar 
ijrolarining o‘rin olishi davlatimiz rahbarining bu sohaga 
bo‘lgan alohida e’tibori va g‘amxo‘rligidan dalolat beradi. 
227
227


An’anaviy teatr deganda nimani tushunishimiz kerak? 
Mazkur savol anchadan beri ilm ahlining e’tiborini tortib 
keladi. Xususan, professor M.Qodirov mazkur tushunchani 
shunday izohlaydi: “An’anaviy teatr – ijrochilik san’ati. Bu 
yerda hal etuvchi ijrochi aktyor, uning e’tiqodi, qobiliyati, 
malakasi, mahoratidir. Zotan, xalq aktyori tomoshabinlar 
davrasidan hosil bo‘lgan o‘ziga xos “sahna”da, maxsus 
ayvonlarda, ko‘shklarda tomosha ko‘rsatgan. Rasman 
dekoratsiya yo‘q, voqea o‘rni va payti esa shartli. Bunday 
sharoitda aktyor faqat o‘ziga, o‘z san’atiga ishonib ish ko‘radi. 
U mustahkam an’anaviy fabula, voqealar, obrazlar silsilasi, 
barqaror savol-javoblarga tayangan holda so‘z va harakatlar 
to‘qiydi, ya’ni badihago‘ylik (improvizatsiya) qiladi. 
Tomoshabinlar u yoki bu tomoshani, sahnani ko‘rish uchun 
emas, balki ma’lum masxarani, qiziqchini, qo‘g‘irchoqbozni 
ko‘rish uchun yig‘iladi. Negaki, tomoshabin ijro etilishi 
mumkin bo‘lgan xalq komediyalarining ko‘pini oldindan 
bilgan, shu bois unga kim ijro etishi va qanday ijro etishi 
muhim edi. Binobarin, aktyor chinakam mahorat namoyish 
etishi, mahalliy sharoit va tomoshabinlar tarkibidan kelib 
chiqib topag‘onlik ko‘rsatishi, an’anaviy syujet, ko‘rinish 
va obrazlar talqiniga o‘zgartirishlar kiritishi, shevalardan, 
askiya, qo‘shiq, usul, raqs vositalaridan foydalanishi zarur 
bo‘lgan. Natijada, tomoshabin ham, spektakl ishtirokchisiga 
aylangan”
1
Tarixiy manbalar va san’atshunos tadqiqotchilarning 
shohidlik berishicha, masxaraboz va qiziqchilar san’ati 
Turkiston hududlarida juda qadimdan mavjud bo‘lib, xalq 
madaniy hayotining bir ko‘rinishi sifatida asrlar davomida 
yashab kelgan. Masxaraboz va qiziqchilar o‘z tomoshalarini 
odatda xalq og‘zaki dramalari asosida amalga oshirganlar. 
1
Qodirov M. An’anaviy teatr dramaturgiyasi.-T.: Yangi asr avlodi.,2006. 7-b.
228
228


Bu dramalar adoqsiz darajada ko‘p bo‘lib, ijrochilarning 
o‘zlari tomonidan yaratilgan. Og‘zaki dramalar ijrodan 
ijroga, u guruhdan – bu guruhga o‘tib, o‘zgarib, qo‘shilib, 
qisqartirilib ijro etilavergan. Ular og‘zaki ko‘rinishda 
bo‘lganligi jihatidan davr o‘tishi, ijrochilar avlodining 
almashinuvi oqibatida ko‘plari unutilib, yo‘q bo‘lib ketgan. 
Faqat XX asrning boshlaridan e’tiboran tadqiqotchilar xalq 
og‘zaki dramalari va ularning ijrochilari hayoti va san’atlarini 
o‘rganish ishlari bilan mashg‘ul bo‘la boshladilar”
1
Xonliklar davrida barcha yirik shaharning o‘ziga xos 
sayilgoh, tomoshagohlari bo‘lgan. Qo‘qonning «Katta 
chorsu»si katta sayilgoh vazifasini o‘tagan. Sathi uch ming 
kvadrat metrli keng maydonga o‘n-o‘n besh ming tomoshabin 
yig‘ilgan. Ayrim paytlarda xonning farmoni bilan O‘rda 
atrofida ham turli tomoshalar tashkil etilgan. Shuningdek, 
«Yangi chorsi», «Muyimarak», «Qaynar buloq», «Ovg‘on 
bog‘», «Erhubbi», «Qorayuz buvo», «Xo‘jaytirab» kabi 
sayilgohlarda ham tomoshabinlar yig‘ilib sayillar, bayramlar 
tashkil etilgani.
M.Qodirov Madalixon davrida saroyda Bidiyorshum 
o‘z shogirdlari bilan «Mudarris» spektakli ijro etilganligini 
yozadi. Saroyda xalq cholg‘u asboblari va mahalliy raqs 
jamlasi hamda aktyorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan. Saroy 
qiziqchilariga Zokir eshon bosh bo‘lgan. Uning rahbarligida
Rizo qiziq, Sa’di Maxsum, Normat qiziq, Boybuva qiziq, 
Mo‘min qishloqi, Bahrom qiziq, Usmon qiziq, Ro‘zi gov, 
Baxtiyor, Shomat qiziq, Davlat qiziq, mullo Hoshim, Usmon 
qiziq, Xolmat qiziq, Qalsariq qiziq, Avliyoxon qiziq kabilar 
o‘z mahoratini namoyish etishganlar.
Zokir eshon jamoasi turli mavzulardagi 40 dan oshiq 
tomoshalarni sahnalashtirganlar. «Mudarris», «Zarkokil», 
1
Tursunov T. XX asr o‘zbek teatri tarixi (1900-2007). – T.: ART-PRESS. 2010. 
16 -b.
229
229


«Avliyo», «Xon hajvi», «Sirka taroq azizlar», «Farzand 
duosi», «Qalandarlar», «Dorbozlik», «Xatna», «Mardikor 
va nonvoy», «Shayxul Islomning sud munozarasi», «Yomon 
uka», «Chusti muqallidi», «To‘rt jinni yoki Azayimxon», 
«Qo‘ydi-chiqdi», «Imom domlaning uylanishi», «Uloq», 
«Kelin tushirdi», «Maqtanchoq kishi», «Er va xotin» 
«Duxtorbozlik», «Oqsoqol», «Qozi», «Mamayunusning 
dadasi», «Sudxo‘r», «Lo‘li», «Attorlik», «Ketmon o‘g‘risi» 
yoki «Xotin janjali», «Bachchaboz», «Hoji kampir», 
«Hammom», «Mozor», «O‘lik sotdi», «Murob boshi», 
«Obijuvoz», «Xotin tug‘dirish», «Xonga ariza», «Uy 
tesharlar», «Uylanish», «Suxmozor», «Kafan o‘g‘risi», 
«Boy bilan mardikor», «To‘rg‘ay», «G‘irrom polvon» kabi 
asarlar ijro etilganligi aniqlangan. 
XVIII va XIX asrlarda Buxoro xonligida ham turli 
tomoshalar namoyish etilgan. Abulfayzxon (1711 —1747) 
saroyida maxsus san’atkorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan 
1870-yilda Buxoroga sayohat qilgan rus missiyasining 
ishtirokchisi L. R. Kostenko Buxoroda ko‘rgan spektakllari 
to‘g‘risida o‘z taassurotlarini yozib qoldirgan. Bunday 
ma’lumotlar 1878-yilda Buxoroda bo‘lgan I. L. Yavorskiy 
asarida ham uchraydi.
Samarqandda 1891-yildagi Navro‘z bayramida 
aktyorlar o‘ynagan «Kiyik ovi» (yoki «Mergan») spektakli 
tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan. 1900-yilda 
Toshkenda Samarqand truppasining o‘ynagan «Mirob», 
«Eshak savdosi», «Hundilar» spektakllarida aktyorlarining 
saviyasi Toshkent san’atkorlaridan har tomonlama yuqori 
bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Buxoro xonligi 
tarkibidagi Samarqand, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, 
Boysun, Denov shaharlarida XVIII va XIX asrda professional 
san’atkorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan.
230
230


XVIII—XIX asrda Xorazmda ham tomosha san’ati 
rivojlangan. Olloqulixon (1825—1842) o‘g‘il to‘yi 
munosabati bilan 1835-yilda o‘tkazilgan tomoshalarda 
sozanda va masxarabozlar chiqishlari yuqori bo‘lgan. 
H.Vamberi Xorazmda o‘zi ko‘rgan turli tomoshalar haqida 
yozadi. Unga ko‘ra xonning maxsus qiziqchisi bo‘lgan, 
kechki ovqatdan so‘ng huzurida soz chalinib, qo‘shiq 
kuylangan, so‘ngra masxarabozlarga gal berilgani yozilgan.
Muhammad Rahim II (Feruz) hukmronlik qilgan davrda 
(1865—1872) tomosha san’atining deyarli barcha turlari 
taraqqiy etgan. Chunki, xonning o‘zi shoir, bastakor sifatida 
atrofiga sozandalar, shoirlar, hofizlar va masxarabozlarni 
yig‘ib, ularga shart-sharoitlarni yaratib bergan, homiylik 
qilgan. Doimiy ravishda ularning ijodidan bahramand 
bo‘lgan.
T.Obidovning aniqlashicha, Xorazm mahalliy 
tomoshalarini bir necha guruhga ajratadi. Bular – musiqali 
va musiqasiz ijroga mo‘ljallangan muqallidlar; bir aktyor 
spektakli, jamoaviy ijrodagi «Xatarli o‘yin» tomoshalaridir. 
«Xatarli o‘yin» katta turkumdagi tomosha bo‘lib, turli 
mavzulardagi ko‘plab tomoshalarni o‘z ichiga oladi.
Xorazm muqallidlari ikkiga ajratiladi. Hayvonlar 
mavzusidagi «Tustovuq o‘yini», «Chag‘aloq», «Kaptar 
o‘yini», «Ot o‘yini», «Ayiq o‘yini»; mehnat jarayonini 
ifodalovchi – «Olma terish», «Chugurma tikish», «Kampir», 
«Ko‘knori» va boshqalar ijro etilgan. 
XVIII asrdan to XIX asrning ikkinchi yarmigacha 
kechgan sharqona tomoshalar M.Umarov tomonidan har 
tomonlama jiddiy va chuqur o‘rganilgan. Olim mazkur 
davrdagi tomosha turlarini quyidagi guruhlarga shartli 
ravishda ajratadi.
1. Xalq dostonlarda tomoshalar bayoni haqida gapirar 
231
231


ekan bu davrda o‘zbek adabiyotining bitmas – tuganmas 
chashmalaridan hisoblangan xalq og‘zaki adabiyoti – folklor 
sohasida ham xilma-xil durdonalar yaratildi: “Alpomish” 
dostoni va “Go‘r o‘g‘li” turkumidagi epik qissalar keng 
tarqaldi. “Tohir va Zuhra”, “Yusuf va Zulayho”, “Bahrom 
va Gulandom”, “Gulfarah”, “Sanobar”, “Bo‘z o‘g‘lon” yoki 
“Yusufbek va Ahmadbek” kabi o‘nlab kitoblar yozildi. 
Bu epik asarlar haqiqatan ham xalq dahosining nishonasi 
bo‘lib uning sahifalarida oddiy kishilarning og‘ir hayoti, 
baxt-saodat uchun kurashi o‘z ifodasini topdi. Shuningdek 
ularda bayramlar, sayillar, to‘y, bazmlar ta’rifi berildi. 
Ayniqsa, qahramonlarni to‘ylardagi tomosha turlari alohida 
izohlanganligi aniq misollar bilan bayon etgan. 
2. Qo‘g‘irchoq o‘yin – O‘zbekistonda qadim zamonlardan 
o‘ziga xos teatr turi sifatida taraqqiy etib kelgan. Chodir 
ichida, parda ortida yashiringan aktyor qo‘g‘irchoqbozlar 
tomonidan harakatga keltirilib ko‘rsatiladigan tomosha 
shunday nomlanib kelinadi
1
. Mazkur teatr ildizlari, 
turlari, tarixiy yo‘nalishlari va mashhur qo‘g‘irchoqbozlar 
repertuarlari to‘g‘risida M.Qodirovning «Qo‘g‘irchoq teatri» 
va «O‘zbek xalq tomosha san’ati» kitoblarida mukammal 
yoritilgan. «Bizda – deb yozadi M.Qodirov – «Qo‘g‘irchoq 
o‘yin» deb yuritiluvchi bu san’atning, xususan, qo‘lga 
kiyib o‘ynatiladigan, ip bilan boshqariladigan va soyasi 
tushiriladigan turlari o‘tmishda keng tarqalgan. Ular «chodir 
jamol», «chodir xayol» va «fonus xayol» deb atalgan. «Chodir 
xayol» teatri «chodir jamol»ga nisbatan ancha murakkab va 
mukammaldir. Bu teatr tomoshalari, odatda, kechqurunlari 
ko‘rsatilgani, shu’la va shovqindan foydalanilgani tufayli 
qora pardalar ichidagi qo‘g‘irchoqlarning iplari ko‘rinmay, 
1
Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. – T.: Yangi asr avlodi. 2009., 
271 b.
232
232


xuddi qo‘g‘irchoqlarning o‘zlari harakat qilayotganday tabiiy 
va ajib manzara hosil qilgan. Har bir mohir qo‘g‘irchog‘boz 
ayni vaqtda iplar yordamida 8–10 qo‘g‘irchoqni harakatga 
keltira olgan. «Qo‘l qo‘g‘irchoq» teatrida bir tomoshada ko‘pi 
bilan o‘n qo‘g‘irchoq ishtirok etgan bo‘lsa, «Chodir xayol»da 
bir yo‘la ellikdan ortiq qo‘g‘irchoq o‘ynagan. Bu teatrlarda 
musiqa badiiy bezak sifatida, ko‘proq qahramonlar holatini 
ifodalovchi vosita sifatida xizmat qilgan. Qo‘g‘irchoqboz-
sozandalar qo‘g‘irchoq o‘yinlar uchun maxsus «Ufor», 
«Miyonxona», «Charx», «Duchava parron», «Chog‘olloq», 
«Ot eroniy», Qum pishig‘i», «To‘rg‘ay chirillama» kabi bir 
qancha ajoyib kuylar yaratganlar»
1
.
1
Qodirov M. Tomosha san’ati o‘tmishidan lavhalar.T.:.-Fan. 1993.–165 b.
233
233


MUNDARIJA
Mualliflardan ...............................................................2
1-mavzu. Mustaqillik davrida «O‘zbek xalq og‘zaki 
ijodi»ni o‘rganishning yetakchi masalalari. Folklor atamasi, 
yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari .................................3
2-mavzu. Mif va uning mohiyati. Afsona, rivoyat, 
naqllarning badiiyati ........................................................14
3-mavzu. O‘zbek marosim folklorining janrlar tarkibi va 
badiiyati ............................................................................25
4-mavzu. Xalq dostonlari ..........................................46
5-mavzu. Qahramonlik dostonlarining g‘oyaviy-badiiy 
xususiyatlari .....................................................................58
6-mavzu. Romanik dostonlarning g‘oyaviy-badiiy 
xususiyatlari .....................................................................66
7-mavzu. Kitobiy dostonlarning xalq ma’naviy 
hayotidagi o‘rni ................................................................80
8-mavzu. Xalq ertaklari .............................................85
9-mavzu. Qo‘shiq va lirika atamalari haqida. Mehnat 
qo‘shiqlari va termalar .....................................................96
10-mavzu. Bolalar folklori va ularning talqinlari, badiiy 
xususiyatlari ...................................................................111
11-mavzu. Lirik qo‘shiqlar ......................................116 
12-mavzu. Xalq maqollari, topishmoqlar va chaldirmoq 
janri ................................................................................124
13-mavzu. Latifalar, lof ...........................................131
14-mavzu. Askiya ....................................................134
15-mavzu. Tomosha san`ati ....................................137
234
234


235
235


236
236


237
237

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin