bo’lmagan boshqa komponentlar (prostitik guruh) ham kiradi. Murakkab oqsillar
prostetik guruhlarining (nuklein kislotalar, uglevod, lipid, vitamin metall va
boshqalar) ximiyaviy tabiatiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: nukleoproteinlar,
xromoproteinlar, glikoproteinlar, lipoproteinlar metalloproteinlar va fosfoproteinlar.
Nukleoproteinlar
Nukleoproteinlar prostetik guruhlari nuklein kislotalari-DNK yoki RNK dan
iborat. Nukleoproteinlar ishqoriy sharoitda yaxshi eriydi va kislotalar ta’sirida
cho’kmaga tushadi. Dezoksiribonukleoproteinlar kichik konsentratsiyali tuz
eritmasida cho’kadi, yuqori konsentratsiyali tuzlar eritmasida esa eriydi.
Nukleoproteinlar suyultirilgan kislotalar bilan chala gidroliz qilinganda ulardan
oqsil va nuklein kislota ajralib chiqadi. Nukleinkislotalarining o’zi gidrolizlanganda
birin ketin quyidagi parchalanish maxsulotlari hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: