eritmasidan solinadi. 1- probirkaga 5 tomchi 0,2 % li a- naftol eritmasidan, 2-
probirkaga 5 tomchi 1% li timol eritmasidan qo’shiladi. Ikkala probirkaga extiyotkorlik
bilan probirka devoir bo’ylab 2ml konsentrlangan sulfat kislota qo’shiladi. Sulfat kislota
va shakar eritmasi o’rtasida birinchi probirkada binafsha rang, ikkinchi probirkada qizil
rang hosil bo’ladi.
Selevanov reaksiyasi. Ketogeksozlar, jumladan fruktoza xlorid kislota va
rezorsion bilan to’q- qizil rang beradi. Bu rang reaksiya maxsuloti bo’lgan
oksimetilfurfurloga xosdir.
Reaktivlar. Selevanov reaktivi (100 ml 20% li xlorid kislotada 0,05 g rezersion
eritiladi), glyukozaning 1% li eritmasi, fruktozaning 1% li eritmasi.
Ishning borishi. 2 ta probirka olib, 2 ml Selevanov reaktividan solinadi. Birinchi
probirkaga 2 tomchi fruktoza eritmasidan, ikkinchi probirkaga 2 tomchi glyukoza
eritmasidan qo’shiladi. Ikkala probirkani qaynab turgan suv hammomiga 1-2 minut
qoldiriladi. Fruktoza bor probirkada qizil rang hosil bo’ladi, glyukoza solingan
probirkada esa rang hosil bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: