o‘yinni sekin,
ravon ovozda, ayrim vaqtda iloji boricha ovozni
baland ko‘tarish yoki ovozni pasaytirish bilan olib borish kerak,
chunki bunda bolalaming diqqati o‘yin mazmunining u yoki bu
holatiga qaratiladi.
0 ‘yinni
gapirib berish jarayonida, albatta, bolalaming so'z
boyligi hisobga olinishi kerak, ularga notanish bo'lgan, murakkab
so‘zlar, atamalarni ishlatish kemk с mas. Agarda ular uchun yangi
tushuncha, yangi so‘zlar berilayotgan bo'lsa, ularning ma’nosini
albatta tushuntirish zarur.
0 ‘quvchilar o'yinni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun so‘zlab
berishni ko‘rsatish bilan birga olib borish tavsiya qilinadi. Ko‘rsatish
to ‘liq ravishda bo‘lmasligi ham mumkin: o'yinning faqat ayrim
holatyoki momentlari, ayrim harakatlari imo-ishora bilan tushun-
tiriladi. 0 ‘ynningusullariva murakkab holatlurini xuddi o'ziday
to ‘liqko‘rsatish kerak. Ko‘rsatishga o'yin ishtirokchilarining o‘z-
larini jalb qilish foydali bo‘ladi.
0 ‘yinning mazmunini bayon qilinayotganda, albatta
bolalar-
ning kayfiyatlarini hisobga olish shart. Agarda o'qituvchi, o‘yinni
gapirib berayotganda bolalaming diqqati pasayganligini sezib qolsa,
unda u tushuntirishni qisqartiradi yoki qiziqarli va jonliroq gapirib
berishga harakat qiladi. Agarda gapirib bo'lgandan keyin ayrim
o‘yin qatnashchilaridan savollar tushadigan bo'lsa, bunday vaqtda
barcha o ‘yin ishtirokchilarining diqqatini o'ziga tortgan
holda
baland ovoz bilan javob berishi lozim. Bolalar o'yinni birinchi
marta o£ynayotganlarida o‘yinning mazmunini to'liq gapirib berish
kerak, agar o£yin takrorlanilayotgan bo'lsa, unda faqatgina o‘yin-
ning asosiy mazmuni eslatiladi va qo'shimcha qoida hamda usullari
tushuntiriladi. 0 ‘yin mazmunini o'yin
ishtirokchilarining xoti-
ralarida tiklash uchun yaxshisi bu jarayonga bolalaming o'zlari
jalb qilinadi.
60