Shuning uchun o£qituvchi bolalarga iloji boricha «Kim yaxshi
yuguradi, kim aniq nishonga tegizadi» usulida nomzodlami tayin-
lashni tavsiya qiladi.
0 ‘qituvchi o‘yinboshini tayinlashni bolalar o‘rtasida navbati
bilan amalga oshiradi, chunki har bir o‘yin ishtirokchisi bu o‘rinda
bo‘lib ko‘rsa, ular o‘yinda ma’lum darajada javobgarlikni his qila-
dilar. Bu o'yin ishtirokchilarida uyushqoqlikni, tashabbuskorlikni
tarbiyalashga va faollikni oshirishga yordam beradi.
0 ‘yinboshini tanlashda yuqorida ko‘rsatilgan usullarni peda-
gogik vazifaning qo‘yilishiga qarab almashlab qo'llash kerak, chunki
o‘qituvchi mashg‘ulotning sharoitiga va o'yinning xarakteriga,
o‘yinchilaming soniga va ularning kayfiyatiga qarab o‘z oldiga
vazifani qo'yadi.
Dostları ilə paylaş: