etishlari mumkin. Ular kamida to ‘rt kishidan tashkil
topgan ikki
komandaga bo‘linadi. Maydonning bir chetiga 1,5 m doira chiziladi.
Bu doira marra deb atalib, «uloqni» tashlash uchun belgilanadi.
0 ‘yin uchun qo‘y yoki echki terisidan bo‘yiga 40 sm, eniga 15—
20 sm bo‘lgan bolishcha — «uloq» tikiladi.
Teri topilnraganda
matodan yoki eski ko‘rpachadan yasasa ham bo‘ladi.
0 ‘yinning tavsifi.
0 ‘yinni boshlashdan oldin jamoalar maydon
chetida saflanib turadilar, hakam yoki o‘qituvchining hushtagi
chalinishi bilan «uloq» maydon o'rtasiga tashlanadi. 0 ‘yinchilar
kelishib, bir-birlarini orqaiariga opichib olishadi va maydonga qarab
«uloq»ni olish uchun yuguradilar.
Haqiqiy kurash-tortishuv
maydonda bo‘lib, qaysi bir «chavandoz» birinchi bo‘lib «uloq»ni
marraga, ya’ni doirachaga olib kelib tashlasa o‘sha jamoa g‘olib
deb hisoblanadi. 0 ‘yin shu tariqa davom etadi. 0 ‘yin tugallangan-
dan so‘ng o‘yinchilar ichida ildam, chaqqon va kuchli «chavan-
doz»lar aniqlanib, g‘oliblar rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan
taqdirlanishi lozim.
Pedagogik ahamiyati.
0 ‘yin bolalarda sezgirlik, tez harakat
qilish, chaqqonlik, kuchni rivojlantirishga yordam beradi. Shuning-
dek, o‘yinda harakatlarning o‘zaro mutanosibligi , har bir o‘yin
qatnashchisining komanda oldiga qo‘yilgan vazifani bajarish his-
siyotini rivojlantiradi. 0 ‘yindagi o‘ziga xos harakatlar tez yugurish
va uloqni tezda olishdir.
Dostları ilə paylaş: