Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining (otmk) aj mahsulotlari mis va rux eritish zavodida qo'rg'oshin ishlab chiqarish uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqdi


Oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash



Yüklə 180,15 Kb.
səhifə11/16
tarix10.03.2022
ölçüsü180,15 Kb.
#53565
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Sabinaga Mis ajratib olish kurs ishi

Oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash
Oksidlangan nikel rudalarining asosiy qiyinchiligi – asosiy metallni temirdan ajratib olish. Tiklanish jarayonini qo‘llab, temirni shlakka o‘tkazish shuni ko‘rsatadiki, bunda faqat temirni bir qismi ajralib chiqadi, asosiy hajmi esa temir-nikel qotishmada o‘tadi, nikelni erkin holatda olish qiyin. Hozirgi paytda oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash texnologiyasi – shteynda eritish. Bu jarayon temir va nikelni kislorod va oltingugurtga har xil tortilish kuchiga ega bo‘lganligi asos qilib olingan.

Nikel sulfidlanib shteyn fazasiga o‘tkaziladi. Shteyn o‘zi bilan ikkita sulfid Ni3S2 va FeS tashkil qiladi. Temirning asosiy qismi shlak bilan ajratiladi:

3FeS + 3NiO = 3 FeO + Ni3S2 + 0,5 S2

2FeO + SiO2 = 2FeO · SiO2

Oksidlangan ruda tarkibida oltingugurt yo‘q, shuning uchun unga qo‘shimcha kiritish kerak. Buning uchun shixtaga pirit yoki gips (CaSO4 · 2H2O) qo‘shiladi.Gips bilan eritilgan nikelli shteynda temirning miqdori 60 foizni tashkil etadi. Bu temir shteynni konverterda qayta ishlash davrida ajratiladi.

Konverter davrida temir tanlab oksidlanadi va qo‘shimcha berilgan kvars bilan shlak fazasiga o‘tadi. Temirdan ajralgan nikel shteyni – fayshteyn deb ataladi. Buni nikel oq shteyni deb nomlasa bo‘ladi.




Yüklə 180,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin