Rux ajratib olish
Tabiatda rux, asosan, sulfid holatida uchraydi. Bir xil rux birikmalari – bu kislorod bilan bog‘langan oksid zahiralaridir. Sanoatda keng tarqalgan va ishlab chiqarishga jalb qilinadigan xomashyo bu kompleks rux-qo‘rg‘oshin sulfidli polimetallik rudalar. Bu rudalarda asosiy metallardan tashqari, yana mis, kadmiy, nodir va kamyob metallar bor. Hozirgi kunda qayta ishlatilayotgan rudalarda ruxning miqdori 1,5 %, rux-qo‘rg‘oshin rudalarda esa 1,0–1,5% Zn va 0,4– 0,5% Pb mavjud. Bu rudalar qayta ishlashdan oldin boyitiladi. Asosiy boyitish usuli – selektiv flotatsiyadir. Oldin rudadan kollektiv ruxqo‘rg‘oshin boyitmasi olinib, keyin u alohida rux va qo‘rg‘oshin boyitmalariga ajratiladi.
Sulfidli rudalarda rux, asosan, sfalerit – ZnS shaklda uchraydi.Oksidlangan rudalarda rux-karbonat ZnSO3 (smitsonit) va gidrotsinkiy ZnSO3 · 2 ZnS (ON)2 va silikat (valletit Zn2SiO4) turlarda uchraydi.Ruxning boyitmaga o‘tish darajasi 70–85 %ni tashkil qiladi. Rux boyitmasining taxminiy tarkibi, %: Zn 40–60; Pb 0,2–3,5; Ca 0,15–2,3; Fe 2,5–13; S 30–35; Ca 0,1–0,5; As 0,03–0,3; Sb 0,01–0,07; Ca 0,001–0,013; In 0,001–0,07. Boyitmaning maydaligi 30–35% (–75 mkm) – 70–90 % (–75mkm) masofada o‘zgaradi. Boyitmaning muhim texnologik xususiyatlaridan biri zichlikdir. Rux boyitmasining zichligi – 3,4–4,3 g/sm3; sochiluvchi massasi 1,9–2,3 g/sm3, namlik 10-16%, quritilgandan keyin 6–8 %. Sulfidli rux xomashyosini bevosita erkin holatigacha tiklash mumkin. Masalan:
ZnS + H 2= Zn + H 2S.
(4.1)
Ammo kuchli tiklovchi moddalar H2 va CO samarador emasdir.Masalan, keltirilgan reaksiya uchun 1000 °C da muvozanat konstantasi teng:
Kp = PZn · PH2S / PH2 = 2,1 · 10–4.
Bundan xulosa shuki, yuqori harorat va bosimlarda ham tiklanish mahsulotlarining chiqishi judayam kam Amaliyotda sulfidlarni avval oksidlantirib, keyin tiklash afzalroqdir.
Sanoatda ZnS ning ZnO ga oksidlanishini pirometallurgik usul bilan amalga oshiriladi. ZnO ning tiklanishini esa pirometallurgik yoki gidrometallurgik usullar bilan amalga oshirish mumkin. Oxirgi usul bo‘yicha ZnO ni sulfat kislotasida eritib elektroliz yordamida erkin metall olinadi.
Ruxni sulfid boyitmasidan ajratib olish ZnS, ZnO va ruxning xususiyatlariga bog‘liq. Ruxning oksid va sulfidi yuqori haroratda eriydi. Masalan, ZnS atmosfera bosimida 1200 °C dan ziyod haroratda bug‘lanadi va 2000 °C gacha eriydi. ZnO esa 1975 °C da suyuq holatiga o‘tadi. Shuning uchun ZnS ning ZnO ga oksidlanishini yuqori haroratlarda katta tezlik bilan borishi mumkin. Rux sulfidining oksidlanishi ekzotermik jarayondir va unga qo‘shimcha yoqilg‘i sarflanmaydi.
Ruxni oksiddan tiklash uchun ko‘p energiya sarflanadi. Shuning uchun pirometallurgik tiklanish yuqori harorat va tiklovchi moddaning mavjudligida olib boriladi. Elektrolitik tiklanish ham elektr quvvatining katta hajmda sarflanishi bilan bog‘liqdir. Metallik rux oson suyuq holatga o‘tadi – erish harorati 419 °C, 907 °C da bug‘ holatiga o‘tadi,shuning uchun pirometallurgik tiklanishda bug‘ holatida ajralib chiqadi. Piro va gidrometallurgik usullarning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.Pirometallurgik usulda yakunlovchi mahsulot bo‘lib g‘ovak kuydirma (kuyindi) olinadi. Kuydirish davrida modda oltingugurtni yo‘qotib, keyin qotishma shaklga o‘tadi. Qotishma olish uchun harorat 1300–1400 °C gacha ko‘tarilishi kerak. Buni aglomeratsiya jarayonida amalga oshiriladi. Aglomerat keyinchalik qattiq uglerod yordamida tiklanadi.
Gidrometallurgik usul bo‘yicha kuydirish 900–1000 °С da kuyindi-kukun olishga qaratiladi. Olingan kukun sulfat kislotasida eritiladi. Eritmadan rux elektroliz bilan erkin holatida ajratib olinadi, sulfat kislotasi esa generatsiya bo‘lib qaytadan tanlab eritishga yuboriladi.Dunyo miqyosida taxminan 20 % pirometallurgik va 80 % rux gidrometallurgik usullar bilan olinadi.
Dostları ilə paylaş: |