Misni elektrolitik tozalash usuli
Elektrolitik tozalashning asosiy maqsadi toza, yuqori sifatli mis va yarim mahsulot (shlam) olishdir. Shlamda oltin, kumush, selen va tellur to‘planadi Bu jarayonni amalga oshirish uchun anoddagi misni doimiy elektr toki yordamida eritiladi va shu davrda erkin misni katodga o‘tkaziladi. Yerituvchi modda hisobida sulfat kislotasi qo‘llanadi. Asosiy dastgoh hisobida temir betondan yasalgan kesimi to‘g‘riburchak bo‘lgan elektrolitik vanna qo‘llaniladi. Vanna elektrolit quyadigan truboprovod va elektr tokini ta’minlaydigan shinalar bilan jihozlangan. Vannaning ichki sirti viniplast yoki qo‘rg‘oshin bilan izolyatsiya qilingan, chunki eritmada sulfat kislotasi bor. Elektroliz o‘tadigan muhit – elektrolit tarkibga ega: 135–200/ H2SO4 va 170–200/ mis kuporosi – Cu SO4 · H5O (35–50/Cu2+ ionlariga to‘g‘ri keladi).
Anod hisobida misdan tayyorlangan plastina qo‘llanadi. Anodning eni 35–40 mm, og‘irligi 270–320 kg. Katod bo‘lib toza misdan yasalgan ensiz plastina qo‘llanadi. Katodning o‘lchamlari anodnikiga nisbatan kattaroqdir. Buni elektr tokining katod sirtida bir tekis taqsimlanishi uchun qilinadi. Bu tadbir natijasida katodning chegara qismlarida har xil o‘sish va dendiritlar
paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vannaga anod va katodlar navbat bilan osiladi. Anod va katodlar elektr zanjiriga parallel sxemada ulangan.
Vannaning kattaligi anod, katodlar soni va ularning masofasiga bog‘liqdir. Agarda vannada 34 anod va 35 katod bo‘lsa, vannaning ishchi o‘lchamlari taxminan 4000Ч1000Ч1200 mm ni tashkil qiladi.
Vannaning kattaligini tanlash elektrodga masofani aniqlaydi.Amaliyotda oqilona deb topilgan, bir xil elektrodaro masofa 100–110mm.
Agar masofa 100 mm bo‘lsa, anod va katodning orasi 28 mm ga teng bo‘ladi. Bu masofa elektrodlarning qisqa tutashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun eng minimal o‘lchamdir.Elektroliz vannalari doimiy elektr toki bilan ta’minlanadi. Sanoat elektr tokini doimiy shaklga o‘tkazish uchun kremniy dastgohlari qo‘llanadi. Ularda tokdan foydalanish koeffitsiyenti 98–99 foizni tashkil qiladi. To‘g‘rilagichning ishchi kuchlanishi 250–300 V.
Dostları ilə paylaş: |