Xomaki misni olovli tozalash usuli
Xomaki misni olovli tozalashdan asosiy maqsad – bo‘lajak elektrolitik tozalashga yaroqli zich anodlar olish va unsur metallarni yo‘qotishdir. Unsur metallarning borligi elektroliz jarayoniga salbiy ta’sir qiladi. Anodlarni xomaki misdan ham qo‘ysa bo‘ladi, faqat elektroliz ko‘rsatkichlari zich anodga nisbatan ancha yomonroqdir.Xomaki misdagi zarra metallarni uch guruhga bo‘lsa bo‘ladi:
1) nisbatdan oson va to‘la ajralib chiqadiganlar – Zn, Fe, S;
2) qisman ajralib chiqadiganlar – As, Sb, Bi, Ni;
3) umuman ajralib chiqmaydiganlar – Au, Ag.
Olovli tozalashda quyidagi operatsiyalar o‘tkaziladi:
1) xomaki misni pechda eritish (agarda pechga suyuq xomaki mis qo‘shilsa bu operatsiya o‘tqazilmaydi);
2) suyuq misni havo puflash orqali oksidlantirish. Bu operatsiyaning maqsadi – zarra metallarni oksidlantirib shlak fazasiga o‘tkazish.
Operatsiya yakunida shlakni mis sirtidan, albatta, chiqarib tashlash kerak. Aks holatda zarra metallar yangitdan mis tarkibiga o‘tishi mumkin;
3) suyuq mis vannasida erigan mis yarimoksidining tiklanish operatsiyasi;
4) misni anodlarga quyish.
Olovli tozalash statsionar yallig‘ pechlarda o‘tkaziladi. Faqat bu yallig‘ pechlarning o‘lchamlari kichikroq yoqilg‘i yondirishga moslangan (forkamerali) va yon tomonlarida oynalikdir. Pech uzluksiz emas, vaqti-vaqti bilan davriy tartibda ishlaydi. Odatda, bir sutkada bitta tozalash o‘tkaziladi. Pechning ishlab chiqarish unumdorligi uning hajmiga bog‘liq va 5 – 400 t ni tashkil qiladi. Odatda, zamonaviy pechlarning hajmi – 100 – 250 t. Yoqilg‘i sarfi (misning og‘irligiga nisbatan) foizda: mazut 7,9; ko‘mir 12,3.
Statsionar yallig‘ pechda issiqlik taqsimlanishi:
– pechning ishi uchun – 41,9–46,9 %;
– qozon-utilizatorda bug‘ olish uchun – 36,6–40,2;
– isrofgarchilik – 21,5–14,4.
Tozalangan misning jarayon mahsulotlari bo‘yicha taqsimlanishi
foizda:
– yaroqli anodlar – 97,0;
– yaroqsiz – 0,45;
– skrap – 1,16;
– shlakka – 1,14;
– uchuvchan modallarga – 0,25.
Tozalangan misni aylantiruvchi gorizontal mashinalarda anodlarga quyiladi. Pechning hajmi 200–250 t bo‘lsa, quyish mashinasining ishlab chiqish unumdorligi bir soatda 40 t ni tashkil qiladi va quyish davri 5–6 soatga cho‘ziladi.
Dostları ilə paylaş: |