Mis ajratib olish
Mis ishlab chiqarish XX asrning ikkinchi yarmida keng rivojlangan. Rangli metallar iste’moli bo‘yicha mis aluminiydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Mis va uning birikmalarini asosiy iste’mol qiluvchi sohalar:
– elektrotexnika va elektronika;
– mashinasozlik;
– transport vositalari;
– qurilish materiallari;
– kimyo sanoati.
Respublikamizda va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida sanoatda ko‘proq ochiq usul bilan – tarkibidagi mis 0,35–0,5 foizdan kam bo‘lmagan rudalar ishlatilmoqda. Asosan, sanoatda misning oltingugurt va kislorod bilan birikkan minerallar ko‘p uchraganligi tufayli, mis ishlab chiqarishda har ikkala xili ham keng qo‘llaniladi.
O‘zbekistonda bir yilda 100–120 ming tonna xomaki mis ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Dunyoda asosan mis tradision pirometallurgik sxema: eritish konverterlash–tozalash sxemasi asosida olinadi. Faqat uni 10–12 % gidrometallurgik usul yordamida olinadi.
Olmaliq sharoitida ishlab chiqarishga rudada 0,37–0,42 % mis keladi. Bu ruda flotasiya usulida boyitiladi va undan 16–18 % mis boyitmasi olinadi. Metallurgik pechlarga yuklanadigan shixta tarkibida 14–16 % mis bor. Sulfidli mis boyitmasini ikki xil: yallig‘ qaytaruvchi va kislorod mash’al pechlarda eritiladi. Olinayotgan shteynda 25–40 % mis bor. Bu shteyn konverterda qayta ishlashib xomaki mis olinadi. Shlak tarkibida 0,5–0,9 % mis bor. Bu shlak hozirgi paytda faqat maxsus joylarda saqlanib turilibdi. Ajralib chiqayotgan texnologik gazlarda pech gazlarida 2,5–3,5 % S02 borligi sababli, bular ochiq havoga chiqariladi va atrof-muhitni nihoyatda
zaharlaydi. Yallig‘ pech gazlarida esa 7 foizgacha oltingugurt birikmalari bor va ular sulfat kislotasi olish uchun yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |